So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Kosmin Olario: "O'zbekiston jismonan bizdan kuchli edi" Yangiliklar

Kosmin Olario: "O'zbekiston jismonan bizdan kuchli edi"

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaning birinchi qismida Kosmin Olario qatnashdi.
"Bu men uchun qayg'uli o'yin bo'ldi. Bor kuch bilan o'ynadik, lekin yigitlar ko'p xatoga yo'l qo'yishdi. Afsuski omadimiz kelmadi va chorak finalga chiqa olmadik. Hisob tenglashtirganimizdan so'ng ikkita gol o'tkazdik. O'zbekiston jismoniy holat borasida bizdan kuchli o'ynadi, futbolchilar oxirigacha o'ynadi va guruhdan chiqdi", - deb gap boshladi Olario.

- Siz Saudiya Arabistoni terma jamoasiga kelganizda barcha xursand bo'lgandi...

- Avvalo barchasi uchun rahmat. U erda anchagina yaxshi hayot kechirdim. Saudiya xalqiga rahmat aytaman. So'nggi kunlarda Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi prezidenti bilan ko'p gaplashdik. U yoshlarga katta ahamiyat bermoqda. Yoshlar hali kelajakda yaxshi o'yin ko'rsata olishadi. Agar jamoaga yanada ko'proq yoshlar kelsa yanada kuchliroq o'yin namoyish etamiz.  

- Yosir Al SHahroni va Fahad Al Muvallad kabi o'yinchilar bugun maydonga tushishdi. Nima uchun o'tgan o'yinda tushmagan futbolchilarga imkon berdingiz?
- Mening taktikam shunday. Kecha ham aytgandim. Bu o'yinchilar jamoamiz kelajagi hisoblanadi. Ularga ham imon berish kerak. Bu musobaqadan so'ng tarkibda ko'plab o'zgarishlar bo'ladi.

- Osiyo Kubogida 9ta jamoa ishtirokni boshladi. 2tasi chorak finalga chiqdi. Arab jamoalariga nimadir bo'ldimi?

- Arab jamoalarida tashkiliy ishlarida kamchiliklar bor. Bolalar futboliga ko'proq etibor qaratish kerak.

- Saudiya Arabistoni terma jamoasidek kuchli jamoa ketma-ket ikkinchi bor Osiyo Kubogida guruhda qolib ketdi. Bu Saudiya Arabistoni uchun fojiami?
- Yo'q fojia emas. Qattiq xafagarchilik bo'ldi. Klublar kuchaysa terma jamoa ham kuchayadi. Muammolar ko'p.

- O'zbekiston murabbiyi asosiy tarkibda 5ta o'zgarish qildi, ikkinchi bo'limda yana o'zgarish qildi va o'sha o'yinchi gol urdi. Qosimov sizni mag'lub etdimi?

- Durang bo'lib turganida hujumchini almashtirmoqchi edik. Lekin u gol urgach rejamiz o'zgardi.

- Bugungi o'yinda juda ko'p bor hujumga o'tdinglar lekin foydasi bo'lmadi. Nima uchun?

- Biz debyutdayoq gol o'tkazdik, shu bois majbur hujumga o'tdik. Bazan hujum qovushadi, bazan esa yo'q.

- Bugungi o'yinda o'tkazilgan gollarda Volid Abdullohning xatosi bo'ldimi?
- Volid xato qildi to'g'ri. Lekin bunday o'yinlarda darvozabonni almashtirish qiyin masala. Musobaqa biz uchun tugadi, balki keyingi uchrashuvlarda boshqa posbonni sinab ko'rarman.

- Terma jamoadagi faoliyatingizni davom ettirasizmi yoki klubga qaytasizmi?
- Sababi mening shartnomam faqat mana shu musobaqa uchun tuzilgandi. Qisqa vaqt ichida jamoani birdan kuchaytrib yuborib bo'lmaydi.


Narzulla Saydullaev
Melburn
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика