Kosmin Olario: "Nasaf" juda yaxshi himoyalandi"
19 mar 2015 00:18
Yangiliklar
Kosmin Olario: "Nasaf" juda yaxshi himoyalandi"
OCHL "D" guruhi 3-tur o'yini "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Kosmin Olario ishtirok etdi.
"Biz g'alabaga erisha olmadik. Uchrashuv davomida bir qator yaxshi imkoniyatlarga ega buldik, ammo bulardan foydalana olmadik. Raqibimiz "Nasaf" ham yaxshi o'ynadi. Ular o'z jarima maydonchalari ichida ancha zich harakat qilishdi va bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishdi. Guruhdagi vaziyat biz uchun ancha qiyinlashdi. Keyingi o'yinlarda imkon qadar kerakli natijalarni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilamiz. "Nasaf" bugun juda yaxshi himoyalandi", - deydi "Al Ahli" bosh murabbiyi Kosmin Olario.
"Nasaf" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Fikrlar