So’nggi yangiliklar

12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  2 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  5 10:26"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Икрамов Темур  0 10:11Англия терма жамоасини сентябрь ойидаги ўйинларида ким бошқариши маълум  1 09:44«Бавария» ёзда тўрт нафар футболчисини сотади  3 09:15Мбаппе ёки Виниcиус? Анчелотти «Реал Мадрид»да ким пенальти тепишини айтди  2 08:48Ўзбекистон кубоги. Бугун чорак финалнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  17 08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  2 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  3 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  1 07:24Ўртоқлик учрашуви.»Реал» «Челси»дан устун келди, «Милан» ва «Барселона» ўзаро дуранг ўйнашди  4 01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  1 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  7 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  1

Kosmin Olario: "Biz bonuslar haqida emas xalqimiz haqida o'ylayapmiz" Yangiliklar

Kosmin Olario: "Biz bonuslar haqida emas xalqimiz haqida o'ylayapmiz"

Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Saudiya Arabistoni uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning birinchi qismida Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Kosmin Olario va Omar Havsavi ishtirok etdi.

"Melburn" stadioni matbuot anjumani xonasiga chamasi 20 nafarga yaqin jurnalist tashrif buyurgan. Murabbiy va futbolchi stadionga biroz kechikib etib kelishdi. Matbuot anjumani taxminan 10 daqiqa kechroq boshlandi.

- Ertangi o'yindan nimalar kutayapsiz?

"Asslomu alaykum. Ertangi o'yin asabiy o'tmaydi. To'g'ri bu uchrashuv pley-offga chiqadigan jamoa nomini aniqlab beradi. Bizni durang natija ham qoniqtiradi. O'tgan ikki bahsda yaxshi o'ynagandik. Nasib qilsa so'nggi turda ham shunday yaxshi o'ynashni istaymiz. Bor kuchimizni ishga solib chorak finalga chiqmoqchimiz", - deb gap boshladi Kosmin Olario.

 "Ertaga O'zbekistonga qarshi juda qiyin o'yin kutib turibdi. Biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Oldingi ikki bahsda yaxshi ishtirok etdik. To'g'ri durang ham bizni keyingi bosqichga olib chiqadi, lekin g'alaba qozonib chorak finalga chiqmoqchimiz", - deydi Omar Havsavi.

- Dastlabki ikki o'yinda ikki xil o'yin uslubini qo'lladingiz. O'zbekiston bilan bahsda qaysi uslubni qo'llaysiz?

- SHogirdlarim qanday o'ynash kerakligini bilishadi. Ularga ko'p narsani o'rgatishning hojati yo'q.

 - Oxirgi ikki o'yinda himoyada juda yaxshi o'ynadingiz. Ertaga ham himoyada yaxshi o'ynay olasizmi?
Omar Havsavi: -
Qisqa vaqt davomida o'yinga tayyorlandik. O'zgarishlar bo'lmasa kerak. Oldingi o'yinlardagi kabi yaxshi harakat qilishga urinamiz.

- O'yinlarda tarkibni tez-tez o'zgartirib turasiz. Buning sababi nima?

- Men doim raqibga qarab tarkib tanlayman. Bazan raqib kuchli bo'ladi, bazan kuchsizroq. Bu normal holat deb hisoblayman.

- KXDRga qarshi o'yinda g'alaba qozondinglar. SHu o'yin haqidagi fikrlaringiz...
Omar Havsavi: -
Biz muxlislarni baxtli qilgan bo'lsak xursandmiz. Keyingi bosqichga chiqib ularni yanada xursand qilishni istaymiz.

- Avstraliya yoki Janubiy Koreyadan biri chorak finalda to'qnash kelishi mumkin. Qaysi biri qulay raqib? O'zbekistonga qarshi o'yinda ikkita hujumchi bilan o'ynaysizmi?

- Hozircha keyingi bosqich haqida emas ertangi bahs haqida o'ylayapmiz.

Ikki hujumchini tushurish haqida ertaga hal qilaman. Bu borada hozir hech nima deya olmayman. Anig'i shuki biz g'alaba uchun o'ynaymiz.

- Terma jamoaga yaqinda keldingiz. Saudiya Arabistoniga ko'nikib qoldingizmi?

- Murabbiylik ishi og'ir shu bois hamon o'rganishda davom etayapman.

- Matbuotda chiqqan Saudiya Arabistoni terma jamoasi chorak finalga chiqsa har bir futbolchiga katta pul mukofoti taqdim etilishi haqidagi xabarlar qanchalik to'g'ri?

- Bu xabarni eshitganim yo'q. Bonus haqida emas Saudiya Arabistoni xalqini xursand qilish haqida o'ylayapmiz.

- Osiyo Kubogida 4-4-2 taktikasida o'ynadik. Bu bizga mos taktikami?

- Biz raqibga qarab taktika tanlaymiz. Ertaga qanday taktikada o'ynashimizni ertaga ko'rasizlar.

- Agar jamoa guruhdan chiqsa Saudiya Arabistoni terma jamoasida ko'p vaqt ishlaysizmi?
- Murabbiylik taqdiri juda o'zgaruvchan ertaga nima bo'lishini bilmayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика