So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  11 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  1 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  5 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  4 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  16 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4

Koronavirusning A Seriyaga tasiri, Italiya Derbisi va 26 turning boshqa o'yinlari haqida Yangiliklar

Koronavirusning A Seriyaga tasiri, Italiya Derbisi va 26 turning boshqa o'yinlari haqida

Bugun Italiya elitasida 26 tur o'yinlariga start beriladi.

O'tgan hafta 10ta o'yindan 4tasi Italiyada tez tarqalib ketgan koronavirus tufayli qoldirilgan edi. Bu muammoga qaramay, uchrashuvlarning bir qismi bo'lib o'tdi: "Yuventus" va "Lacio" g'alaba qozondi hamda "Inter" bilan Skudetto uchun murosasiz kurash olib borishmoqda. O'z poziciyasini jiddiy ravishda yaxshilagan "Napoli" 6-o'ringa chiqib oldi. Avvalo, bu "Verona" va "Parma" o'z o'yinlarini o'tkazmagani bilan ham bog'liq bo'ldi.

Turnir jadvalining oxirgi o'rinlarini band etib turgan besh jamoadan 4tasi bahs o'tkazdi, ammo ochko ololmadi. SPAL va "Breshia" elitadan chiqib ketadigan jamoalar qatorida bo'lib turishibdi va har turda borgan sari quyi divizionga tushib ketishlariga mumkin bo'lib qolmoqda.

 

Italiyaning 3 futbolchisi koronavirusga chalindi 


Tur intrigalari

Bo'sh stadionlar. Koronavirus tufayli Italiya Derbisi va yana 4ta uchrashuv tomoshabinlarsiz o'tadi. Agar o'tgan tur bahslarining bir qismi yangi tarqalgan kasallik sabab bekor qilingan bo'lsa, endi bu haftada elitaning yarmidan ko'proq o'yini muxlislarsiz o'tkaziladi:

"Udineze" – "Fiorentina" (shanba)
"Milan" – "Jenoa" (yakshanba)
"Parma" – SPAL (yakshanba)
"Sassuolo" – "Breshia" (yakshanba)
"Yuventus" – "Inter" (yakshanba)


Ikkinchi davra uchrashuvining asosiy o'yini Turinda bo'ladi-mi?

Italiyadagi markaziy uchrashuvlardan biri Turinda bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin elita peshqadamini butunlay o'zgartirib, joriy mavsum oltin medalga kim ega chiqishini aniqlab qo'yishi mumkin. Skudetto uchun kechadigan poygada "kalcho" muxlislari o'zgarish bo'lishini bir necha yildan beri kutishmoqda. Takidlab o'tish joizki, bu mavsum mamlakat chempionligiga naqd 3ta klub davogarlik qilmoqda va ular orasida eng kuchlisini aniqlash qiyin bo'lmoqda. "Lacio" "zebralar"dan bir ochko, "Inter" esa 6 ochkoga ortda qolmoqda. Biroq milanliklarning zaxirasida o'tkazilmagan bitta o'yin bor.

Birinchi davra uchrashuvida "Yuventus" "Juzeppe Meacca" stadionida "Inter"ni 2:1 hisobda mag'lub etgandi. O'zaro ilk uchrashuvdan keyin etarlicha vaqt o'tdi, "Inter" qishki transfer oynasida tarkibini ancha kuchaytirib oldi, ulardan eng muhimi yarim himoyachi Kristian Eriksen bo'ldi. Turinda bo'lib o'tadigan bahs juda muhim. CHunki mavsum so'ngida to'plangan ballar soni bir xil bo'lsa, o'zaro uchrashuvlar orqali chempion aniqlanadi.

Italiya derbisidan avval "Yuventus"ning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu fikrlari bilan o'rtoqlashdi: "Bu o'yin xuddi "Real Madrid" – "Barselona" uchrashuvi kabi ajoyib o'tadi. Bizni dam olish kunida fantastik bahslar kutmoqda. Esda qolarli o'yin namoyish etishga harakat qilamiz".


Sardiniyada ikkinchi davraning omadsizlari

Dekabr oyida "Kalyari"ga evrokubokdagi raqobatchi sifatida qaralayotgan va eng yaxshi jamoalar to'rtligidan ham o'rin olgandi, biroq so'nggi 10 turda klubning barcha ishlari orqaga ketdi. "Rossoblu" 10 turda 4ta durang qayd etdi va 6 marta mag'lubiyatga uchradi. Natijada ular 6-pog'onadan 11-o'ringa tushib qolishdi.

"Roma" o'tgan tur "Olimpiko" stadionida "Lechche"ni 4:0 hisobda mag'lub etdi. Bu uchrashuv so'nggi ikki oy ichidagi ikkinchi g'alaba bo'ldi. "Jallorossi" so'nggi 5 turda 10ta gol urdi, ammo yana xuddi shuncha to'p o'tkazib yubordi. Hafta mobaynida eng sust o'yin namoyish etgan jamoa — "bo'rilar" edi. Ular Belgiyada "Genk" bilan durang (1:1) o'ynashdi.


Markaziy uchrashuv

"Yuventus" - "Inter"

"Yuventus" CHempionlar Ligasi doirasida "Lion"ga imkoniyatni boy berdi (0:1) va endi bor umid ishonchli g'alabaga erishish kutilayotgan javob uchrashuvidandir. CHempionatning o'tgan turida "zebralar" SPALni (2:1) mag'lub etishdi. "Yuventus" hozircha turnir jadvalining peshqadami bo'lib turibdi.

Agar oxirgi oydagi salbiy natijalar haqida gapiradigan bo'lsak, ularni etarlicha sanash mumkin: "Verona"dan (1:2) va "Napoli"dan (1:2) uchralgan mag'lubiyat, Kubokda "Milan" bilan durang (1:1) hamda Franciyadagi alamli mag'lubiyat. Biroq bir narsani aytish joizki, turinliklar faqat mehmonda yutkazishgan. "Yuventus" uyda bir marta "Sassuolo" bilan durang o'ynab (2:2), bir ochkoga ega bo'lgandi.

"Inter" Evropa Ligasi doirasida "Ludogorec" (2:1) bilan o'ynadi va keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo'ldi. O'shanda "Inter"ning tarkibi asosiy emasdi, yani Antonio Konte bir nechta o'yinchilarini asrashga qaror qilgandi. Agar turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, hozirda milanliklar "Yuventus"dan 6 ochko ortda qolishmoqda, lekin ularning zaxirasida 1ta qoldirilgan o'yin borligini ham hisobga olish lozim. So'nggi bahslarda "Inter" "Lacio"ga (1:2) imkoniyatni berdi, "Atalanta", (1:1) "Kalyari" (1:1) va "Lechche" (1:1) bilan durang o'ynadi.

"Lacio" - "Bolonya"

Rimlik "burgutlar" "Yuventus" ortidan odim qadam tashlashmoqda. Bu o'yin muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, Italiya Derbisi bo'ladigan bir paytda. Sababi agar "Inter" Turinda g'olib bo'lsa, "Lacio" birinchi o'ringa chiqib olish imkoni ancha yuqori bo'ladi. Hozir jamoaning asosiy muammolaridan biri tarkib bilan bog'liq. Klub kapitani Senad Lulich kasalxonada, u bilan birga himoyachi Franchesko Acherbi ham bor. Hujumchi CHiro Immobile shamollagandi, lekin xabar qilinishicha, o'yinchi sog'ayibdi va maydonga tushishga tayyor ekan.

"Bolonya" o'tgan tur "Jenoa"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng (0:3) hali o'ziga kelolmadi. Uyda "Udineze"ga qarshi bahsda 1:1 hisobdagi durang qayd etildi. "Rossoblu" hozir ancha qiyin ahvolda, jarohat va diskvalifikaciya tufayli bir nechta futbolchisi safdan chiqqan. Bu esa o'yin sifatiga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.

"Milan" - "Jenoa"

"Rossoneri" o'tgan hafta Florenciyada uch ochko qo'lga kiritolmadi, ammo bunga etarlicha imkoni bor edi. Ante Rebich ikkinchi taymda hisobni ochdi, ammo mezbonlar o'yin oxiriga qadar natijani saqlab qololmadilar. Xorvatiyalik hujumchi mavsumning ikkinchi yarmida 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi, u to'rt turdan beri ketma-ket gol urmoqda.

"Milan"ning asosiy muammosi jarohat bilan bog'liq. Genuyaliklarga qarshi bahsda golkiper Janluijji Donnaruma, himoyachi Simon Kyaer va yarim himoyachilar Lukas Bilya va Rade Krunich maydonga tushmaydi.

"Jenoa" kuchayishda davom etmoqda. Avvalgi turda jamoa "Lacio" bilan (2:3) ajoyib o'yin o'tkazdi, lekin ochko ololmadi. Biroq genuyaliklar elitadan chiqib ketishi mumkin bo'lgan klublar uchligidan o'rin olgan. Agar ular bugungi bahsda ochkoga ega bo'lsalar, elitadagi o'rinni saqlab qolishga imkoniyatlari yanada oshadi.

"Lechche" - "Atalanta"

"Lechche" Rimda o'zining g'alabali va golli seriyasini davom ettirolmadi: jamoa yirik hisobda (4:0) "Roma"ga mag'lub bo'ldi. Hattoki, bu natijadan keyin ham "Lechche"da etakchilik qilish imkoniyati yuqori edi. Ammo...

Bergamo klubi oxirgi o'yinni CHempionlar Ligasi doirasida "Valensiya"ga qarshi o'tkazdi va ishonchli g'alabaga (4:1) erishdi. "Atalanta" chempionat doirasida aytarli qiyinchilikka uchramaydi, hozirda 3 ochkoga "Roma"dan ortda qolmoqda (ko'chirilgan uchrashuv ham bor). "Atalanta" ajoyib formada, jarohat bilan bog'liq muammosi yo'q. SHuning uchun, Lechchedan g'alaba bilan qaytish ehtimoli juda yuqori.

"Kalyari" - "Roma"

O'tgan turdagi "Verona"ga qarshi bahs bekor qilindi, shuning uchun "rossoblu" bugungi o'yinga tayyorgarlik ko'rishi uchun etarlicha vaqtga ega bo'ldi. Sardiniyaliklar bugungacha qayd etgan natijalari juda yomon: g'alabasiz 10ta o'yin (4 durang va 6 g'alaba). Rimliklarga qarshi uy uchrashuvida diskvalifikaciya qilinganlar qatorida yarim himoyachi Naytan Nandes hamda jarohatlangan Paolo Farago va Leo Pavoletti bor. Qolgan futbolchilar maydonga tushishga shay bo'lib, bu yildagi ilk g'alabani qayd etishga tayyor turibdilar.

"Roma" esa oldingi turda hech bir qiyinchiliksiz "Lechche"ni yanchib tashladi (4:0). Lekin bir tarafdan rimliklarning omadi kelib qoldi. Sababi raqib jamoa gol urishga yaxshigina imkoniyati bor edi, ammo ular bundan unumli foydalanolmadilar. Evropa Ligasi doirasidagi bahsda biroz boshqa "Roma"ni ko'rdik. Rimliklar "Genk" bilan 1:1 natijani qayd etganiga qaramay, unchalik zo'r o'ynolmadi. "Bo'rilar" raqibga qaraganda ancha kam vaziyat yaratdi va kam hujum qildi. Rim klubi hozirda avvalgi "Roma"dan ancha farq qiladi. Qolaversa, futbolchilar mavsumning ikkinchi yarmida biroz ishonchsiz o'yin namoyish etmoqdalar.


SHuningdek, ushbu turda:
"Udineze" - "Fiorentina"
"Parma" - SPAL
"Sassuolo" - "Breshia"
"Sampdoriya" - "Verona" uchrashuvlari ham bo'lib o'tishi kutilmoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика