So’nggi yangiliklar

17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  1 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  1 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  4 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  18 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  20 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  6 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   5 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2

Koronavirus va sport. Ushbu xavfli kasallik sportga qanday tasir ko'rsatmoqda? Yangiliklar

Koronavirus va sport. Ushbu xavfli kasallik sportga qanday tasir ko'rsatmoqda?

Teglar :  koronavirus
Xabaringiz bor, shu kunlarda Xitoyda xavfli kasallik - koronavirus tarqalgan.

Kasallik sabab hozirga kelib 427 kishi vafot etdi (4 fevral, 18:00dagi malumot). 20 mingdan ortiq kishi ushbu virusni yuqtirib olgan. 

Yuqumli kasallik sport sohasiga ham o'z tasirini ko'rsatmay qolmadi. Quyida kasallik sabab bekor qilingan musobaqalar ro'yxatini etiboringizga havola qilamiz.

Boks - Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa. 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks bo'yicha Osiyo va Okeaniya sportchilari uchun licenziya beruvchi musobaqa tashkil etilishi lozim edi. Ammo, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi musobaqa 3-11 kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahriga ko'chirilganini malum qildi. 

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqada ishtirok etish uchun O'zbekiston terma jamoasi azolari 17 yanvar kuni Xitoyning boshqa bir shahri - Uyshanga yo'l olishgandi. Terma jamoa Uxandagi musobaqaga 500 kilometr uzoqlikda joylashgan Uyshan shahrida tayyorgarlik olib borayotgandi. Ammo, koronavirus sabab musobaqa ham qoldirildi va bokschilarimiz O'zbekistonga qaytib kelishdi. 

Tennis - FedCup. Ayollar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan ushbu turnirning Osiyo/Okeaniya mintaqasi birinchi guruh bosqich bahslari 4-8 fevral kunlari Xitoyning Durguan shahrida tashkil etilishi lozim edi. Afsuski, ushbu bellashuvlar nomalum muddatga qoldirildi. Musobaqa bekor qilinganidan so'ng Xalqaro tennis federaciyasi musobaqa mezbonligi uchun Qozog'istonga taklif bilan chiqqandi. Ammo, qo'shnilarimiz musobaqani tashkil etishni istashmadi va bahslar nomalum muddatga qoldirildi. Eslatib o'tamiz, ushbu bahslarda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi lozim edi. Qizlarimiz mazkur bosqichda Xitoy, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Indoneziya va Koreya Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahs olib borishlari belgilab qo'yilgandi. 

Engil atletika - Yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati. 12-13 fevral kuni Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilishi lozim bo'lgan musobaqa tashkil etilmaydigan bo'ldi. Ushbu musobaqada ham o'zbekistonlik atletlar o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishlari lozim edi. 

Engil atletika - Yopiq inshootlardagi jahon chempionati 13-15 mart kunlari Nankin shahrida o'tkazilishi belgilab qo'yildi. Ammo, Butunjahon engil atletika associaciyasi bahslar 2021 yilga ko'chirilgani haqida elon qildi. 

Sport kurashlari - osiyolik kurashchilar uchun Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa. 

Xitoyning Xian shahri mezbonlik qilishi kutilgan licenzion musobaqa 27-29 mart kunlari tashkil etilishi rejalashtirilgandi. Afsuski, o'lim virusi ushbu musobaqaga ham o'z tasirini ko'rsatdi. Ushbu musobaqa orqali o'zbekistonlik polvonlar ham ko'plab licenziya qo'lga kiritishlari kutilayotgandi. 

Futzal - Osiyo chempionati. 26 fevral kuni Turkmanistonning Ashhobod shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilishi lozim edi. Ammo, tashkilotchilar tavakkal qilishni istashmadi va Xitoydan tashqarida o'tkaziladigan ushbu musobaqani ham boshqa muddatga qoldirishdi. 

Basketbol - Olimpiadaga licenziya beruvchi musobaqa. Ayollar o'rtasida Tokio Olimpiadasida qatnashish huquqini beruvchi turnir 6-9 fevral kunlari Xitoyning Foshan shahrida bo'lishi lozim edi. Endi turnir Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o'tkaziladi. 

Xokkey - "Kunlun Red Star" jamoasi KXLdagi uchrashuvlarini safarda o'tkazadi. Pekin jamoasi pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda va deyarli yo'llanma masalasini naqd qilib qo'ygan. Bu hozircha jamoaga tasir qilmasligi mumkin. Ammo, pley-off bahslari boshlangach, bu jamoaga aks-tasir o'tkazishi aniq. 

Ushbu kasallik sabab shuningdek tog' chang'isi bo'yicha jahon kubogi bosqichi, futbol bo'yicha ayollar o'rtasida Olimpiadaga licenziya beruvchi turnir, badminton bo'yicha nufuzli "China Masters" turniri va yana bir qator mahalliy musobaqalar ham boshqa muddatga qoldirildi. SHuningdek, futbol bo'yicha Osiyo chempionalar ligasida Xitoy jamoalari dastlabki uchta o'yinni safarda o'tkazishlari aniq bo'lib ulgurgan.

UPD. Ushbu material elon qilinganidan so'ng yuqori sport tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi do'stlarimiz 12 fevral kuni Qozog'istonda suv polosi bo'yicha ayollar o'rtasida o'tkaziladigan licenzion musobaqa bekor qilingani, shuningdek aprel oyida Xitoyda taekvondo WTF bo'yicha o'tkaziladigan licenzion turnir ham katta ehtimol bilan boshqa joyga ko'chirilishi haqida malumot berishdi. Etibor uchun rahmat.

Muallif : Aziz Tukhtamuradov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика