Koronavirus tufayli "Liverpul"ning mukofot pullari nisbatan kamaydi
28 iyu 2020 17:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583691_original.jpg)
![](/upload/storage/583691_220.jpg)
Koronavirus tufayli "Liverpul"ning mukofot pullari nisbatan kamaydi
Pandemiya tufayli "Liverpul" Premer-ligadagi g'olibligi uchun qisqartirilgan mukofot pullarini oladi, ammo bu baribir juda katta miqdor.
Malumki, Premer-ligadagi mukofot pullari ikki qismdan iborat. Birinchisi barcha 20 jamoa uchun bir xil bo'lsa, ikkinchisi jadvaldagi yakuniy poziciyaga bog'liq bo'lgan mukofot pulidir.
Aslida "Liverpul" birinchi o'rinni olgani uchun 63 million funt sterlingga ega bo'lishi lozim edi, biroq mavsumning malum muddatga to'xtab qolgani tufayli miqdor 14 foizga qisqarib, 54 million funt sterlingni tashkil etadi.
SHunga qaramay, "Liverpul"ning Premer-ligadagi pul mukofoti umumiy 175 million funt sterlingga teng. The Times malumotiga ko'ra, oxirgi o'rindagi "Norvich" 94 million funt oladi.
Bundan tashqari, "Liverpul" UEFA CHempionlar Ligasiga chiqqani uchun 100 million funt sterling miqdordagi mablag'ni oldindan oladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar