Koronavirus sabab Xitoy klublari OCHLning dastlabki 3ta turini safarda o'tkazadi
31 jan 2020 10:43
Yangiliklar


Koronavirus sabab Xitoy klublari OCHLning dastlabki 3ta turini safarda o'tkazadi
"Ko'rinmas ajal" - koronavirus shu kunlarda butun dunyo jamoatchiligi etiborida bo'lib turibdi.
Hozirda deyarli barcha nashrlar va internet saytlari Xitoyda tarqalgan koronavirus haqida bot-bot yozyapti. Aynan koronavirus tufayli OFK Xitoy klublari OCHLdagi dastlabki uchta turni safarda o'tkazishlarini malum qildi.
Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasida Xitoydan "Beyjing FK", "SHanxay SHenxua", "Guangju Evergrand" hamda "SHanxay SIPG" ishtirok etadi. Hozircha to'rttala jamoa ham dastlabki 3 turni safarda o'tkazishi aniq bo'lib ulgurdi.
Qolgan uchta tur yana safarda o'tkazilishi mumkin. CHunki OFK bergan malumotda 4,5,6-turlar qaerda bo'lib o'tishi vaziyatga qarab oydinlik kiritiladi deyilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar