So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirusga chalinganlardan birortasi tuzaldimi? Yangiliklar

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirusga chalinganlardan birortasi tuzaldimi?

Telegramdagi rasmiy Koronavirus Info kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing bo'lib o'tdi.

Savol: O'zbekistonda koronavirusga chalinganlardan birortasi tuzaldimi?

Javob: Ha, ijobiy o'zgarishlar bor. Ushbu kasallika chalingan besh nafar bemorda kasallik belgilari yo'qolgan, o'zlarini yaxshi his etmoqda. Yana besh kun izolyatciyada saqlab, keyin uylariga javob beramiz.


Savol: 70 foizli spirt virusni o'ldiradimi?
Virus «vodoprovod» suvidan yuqishi mumkinmi?

Javob: Spirtli vositalar, spirtli gellar, spirtning o'zi ham koronavirusni o'ldiradi. Hozirda dezinfekciyalovchi turli vositalar ishlab chiqarilmoqda, ularning aksariyati tarkibida spirt mavjud. Spirtning viruslarni o'ldirish xususiyati bor.

— Koronavirusning «vodoprovod» suvidan yuqish holatlari hali aniqlanmagan. CHunki «vodoprovod» suvidan yuqishi uchun ana shu suv quvurlar tizimining manbasiga virus tushgan bo'lishi kerak.


Savol: Kasallangan bemorlar ichida chet elda bo'lib qaytmagan, chet elda bo'lib qaytgan shaxslar bilan kontaktda bo'lmagan holatda virusni yuqtirib olgan shaxslar bormi?


Javob: Afsuski, bor. 20 yoshli qizda shunday holat aniqlangan. U xorijga chiqmagan, bemorlar bilan kontaktda bo'lmagan. Biroq u o'zi xohlagan va xohlamagan, bilib-bilmagan tarzda jamoat transportida, ish jarayonida umumiy foydalanadigan buyumlardan foydalangan bo'lishi va shu orqali kasallikni yuqtirib olgan bo'lishi mumkin.

Bemorning oilasidagilarni ham tekshiruvdan o'tkazdik, ular sog'lom. Bu holat hammamizni hushyorlikka chaqiradi.



Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus 10 yoshdan kichik bolalarga yuqmaydi, degan xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik to'g'ri?

Javob: Kasallik qayd etilgan davlatlarda o'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda kasallik juda engil o'tadi, tez tuzaladi. Jami kasallanganlarning atigi 0,9 foizi 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda qayd etilgan va ularda qisqa vaqt ichida sog'ayish kuzatilgan. Demak, bu bolalar immunitetining yuqoriligi bilan baholanadi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика