So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  3 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 767 nafarga etdi, farg'onalik ayol vafot etdi Yangiliklar

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 767 nafarga etdi, farg'onalik ayol vafot etdi

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

2020 yil 11 aprel soat 23:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infekciyasi qayd etilganlar soni 767 nafarni tashkil qilmoqda.


Farg'onalik koronavirus yuqtirib olgan yana bir bemor vafot etdi

Farg'ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi, Umra safarida bo'lib qaytgan 59 yoshli fuqaro N.da joriy yil 25 mart kuni koronavirus infekciyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Bemor (ayol) shu yili 31 mart kuni suniy nafas olish apparatiga ulangan. Bemorda o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqich, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf o'ta yuqori bo'lganligi sababli kasallik og'ir kechib, u 12 kun davomida suniy nafas olish apparatida bo'lgan.

Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibaev rahbarligida Sog'liqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I.Liverko, etakchi reanimatologlar D.Sobirov va X.Sattorov ishtirokida bir necha bor videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Ammo joriy yil 11 aprel kuni kechki payt bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan shoshilinch reanimacion muolajalar ko'rsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan chora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da o'tkir respirator disstres sindrom, o'tkir nafas etishmovchiligi hamda o'pka-yurak etishmovchiligi natijasida biologik o'lim qayd etildi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика