So’nggi yangiliklar

12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  4 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  10 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1

Koronavirus Info. O'zbekistonda bir kunda 93 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, kasallanganlar soni esa 1716 nafarga etdi Yangiliklar

Koronavirus Info. O'zbekistonda bir kunda 93 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, kasallanganlar soni esa 1716 nafarga etdi

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

2020 yil 22 aprel soat 23:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infekciyasi qayd etilganlar soni 1716 nafarni tashkil qilmoqda.

O'zbekistonda bir kunda 93 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi.

Xorazmda yana 35 nafar bemor sog'aydi.

Tuzalganlarning 31 nafari Rossiyadan charter reys bilan kelgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infekciyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Ulardan 29 nafari erkak, 6 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Buxorodan, 5 nafari Xorazmdan, 4 nafardan — Qoraqalpog'iston Respublikasi va Andijondan, 3 nafardan — Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlaridan, 2 nafardan — Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan bo'lsa, 1 nafardan — Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan. Ular orasida eng kattasi 58 yoshda, eng kichigi 7 yoshda.

Toshkentda yana 17 nafar bemor sog'aydi.

Tuzalganlarning barchasi Toshkent shahridan. Ulardan 16 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali infekciya yuqtirib olgan. 1 nafari Londondan Toshkentga kelgan.

Bemorlardan 4 nafari erkak, 13 nafari ayol. Ular orasida eng kattasi 69 yoshda bo'lsa, eng kichigi 2020 yil tug'ilgan (onasi bilan birga reabilitaciyaga kuzatildi).

Andijonda yana 26 nafar bemor sog'aydi.

Sog'ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayol. Ularning 1 nafari Qirg'izistondan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali infekciya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo'lsa, eng yoshi kichigi esa 21 yoshda.

SHu kungacha jami sog'ayganlar — 450 nafarga etdi.



#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика