So’nggi yangiliklar

16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5

Koronavirus Info. Koronavirusga oid yangi choralar (taqiqlar) belgilandi Yangiliklar

Koronavirus Info. Koronavirusga oid yangi choralar (taqiqlar) belgilandi

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq:

 joriy yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “o'zini yakkalash” (samo izolyaciya) hayot tarzi joriy etiladi. 65 yoshdan yuqori bo'lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qatiyan man etiladi.

 Zarurat bo'lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do'koniga chiqishga ruxsat etiladi.

Komissiya qaroriga ko'ra, yakka tartibdagi xayriya akciyalari davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqalish xavfi juda yuqori. Mazkur jarayonda yakka tartibdagi xayriya akciyalarini joriy yilning 1 aprelidan etiboran vaqtincha to'xtatish maqsadga muvofiqdir.

 Xayriya tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:

  Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi O'zekspomarkaz Milliy ko'rgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda tashkil etiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;

  Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo'limlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolg'iz keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi malumotni hududiy tegishliligi bo'yicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;

 jismoniy va yuridik shaxslarning beg'araz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigienik talablarga muvofiqligi ko'rikdan o'tkazilib, karantin talablariga qatiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan taminlangan holda) ehtiyojmandlarga etkazib beriladi;

 aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan etkazish istagida bo'lgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va ko'ngilli (volontyor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;

 ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi malumotlar jamoatchilikka muntazam etkazib boriladi.

 Pul ko'rinishidagi mablag'larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o'tkazish tavsiya qilinadi.

Ushbu tartibga katiy amal qilinishi talab etiladi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика