So’nggi yangiliklar

22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  0 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  9 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  5 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  10 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  4 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1

Koronavirus infekciyasiga chalingan 83 nafar fuqarodan 23 nafari xorijda bo'lgan, 60 nafari esa ular bilan muloqotda bo'lgani uchun yuqtirib olgan Yangiliklar

Koronavirus infekciyasiga chalingan 83 nafar fuqarodan 23 nafari xorijda bo'lgan, 60 nafari esa ular bilan muloqotda bo'lgani uchun yuqtirib olgan

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infekciyasi qayd etilishi holatlari 83 tani tashkil etmoqda. Ulardan 35 nafari erkak, 48 nafari esa ayollar. SHundan 5 nafari voyaga etmagan bolalardir.

Yosh jihatdan qaraydigan bo'lsak, 0-9 yoshgacha – 5 nafar, 10-19 yoshgacha – 2 nafar, 20-29 yoshgacha – 24 nafar, 30-39 yoshgacha – 17 nafar, 40-49 yoshgacha – 16 nafar, 50-59 yoshgacha – 11 nafar, 60-69 yoshgacha – 7 nafar hamda 70 – 79 yoshgacha bo'lganlar ham 1 nafarni (miokard infarktdan vafot etgan bemor) tashkil etmoqda.

Hozirga qadar Franciya, Turkiya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni hamda SHveycariya davlatlarida bo'lib qaytgan 23 nafar fuqaroda koronavirus infekciyasi aniqlangan bo'lib, 60 nafar fuqaro esa ular bilan yaqin muloqotda bo'lgani uchun yuqtirib olishgan.

Ayni paytda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlarning 6 nafari Farg'ona, 5 nafari Namangan va 3 nafari esa Andijon viloyatlaridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. SHu yilning 22 mart kuni Istanbul–Buxoro charter reysida yurtimizga olib kelinib, karantinga olingan fuqarolar orasidan poytaxtlik, Toshkent va Andijon viloyatidan 3 nafar kishida ham koronavirus infekciyasi aniqlangandi. Ayni paytda ushbu bemorlar Buxoro viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada davolanishmoqda. Qolgan bemorlar esa poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. SHifokorlar tomonidan barcha bemorlarga standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.


Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика