So’nggi yangiliklar

01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:55"Сельта" — "Атлетико". Таркиблар маълум  2 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38

Ko'rib ko'rmaganga olgan muammolarimiz Yangiliklar

Ko'rib ko'rmaganga olgan muammolarimiz

Teglar :  Birinchi liga
O'zbekiston birinchiligi dastlabki davrasi bir necha kun oldin o'z nihoyasiga etdi.

Bu yil birinchi liga bahslarida ancha qiziqarli uchrashuvlar ko'zga tashlandi. SHuning barobarida kutilmagan natijalar ham qayd etildi. Afsuski anchadan beri birinchi ligadagi ayrim muammolar hozirgacha xal etilmagan. Quyida shular haqida fikr yuritamiz.


Birinchi liga bahslari bu yil ancha qiziqarli o'tmoqda.  Elitaga chiqish uchun 3ta jamoa keskin kurash olib bormoqda. Andijonning “Andijon” jamoasi oliy ligaga qaytish imkoniyatlarini pasaytirib yubormoqda. “Burgutlar” birinchi davrani yaxshi o'tkazdi deb ayta olmaymiz. Klubda bir qator o'zgarishlar yuzaga keldi. Bosh murabbiy o'zgarsa ham jamoaning o'yini ijobiy tomonga o'zgarmadi. Birinchi davrani durang bilan boshlagan “Andijon” durang bilan yakunladi. Ikkinchi davrada Usmon Toshev jamoani o'yinini yaxshilashga harakat qilishi kerak. Aks holda “burgutlar” oliy ligaga qaytish missiyasini bajara olmaydi. CHunki ularni oldida 2ta jiddiy raqib turibdi. Quvasoyning “Cementchi” va Termizning “Surxon” jamoalari. Ushbu ikki klub ayni damda “Andijon”dan ko'ra yaxshiroq natija qayd etishib kuchli uchlikni band etib turishibdi.


Bundan tashqari turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasi ham ko'pchilik raqiblarga jiddiy qarshilik ko'rsatmoqda. Bu yil birinchi davraning o'zidayoq kutilmagan natijalar qayd etildi. Bir qator uchrashvlarda juda ham yirik natijalar kuzatildi. Misol uchun Quvasoyning “Cementchi” jamoasi 15-turda Buxoroning “Nurafshon” jamoasini o'z uyida qabul qilib juda ham yirik 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bunday yirik hisob birinchi davrada yagonaligicha qolmadi. Bundan tashqari “Orol” – “Xotira-79” 8:2, “Nasaf-2” – “G'allaorol” 8:1, “Xorazm” – “Xotira-79” 7:0. Bunday hisoblar nimani anglatadi? Bu shunchaki yirik hisobnimi yoki bo'lmasam mag'lub bo'lgan jamoalar raqiblari oldida shunchalik ojiz qolganmi? 


Birinchi ligada deyarli 1-2ta jamoani sharoitini inobatga olmaganda qolgan klublarning moliyaviy sharoitlari juda ham og'ir axvolda. Moliyaviy tomondanmi yoki boshqa sababi bormi safar o'yinlariga kamida 11 yoki bo'lmasam 12 nafar futbolchini murabbiylar olib ketishadi. Natijada o'sha 11 kishi qanday natija bo'lishidan qatiy nazar 90 daqiqa to'liq o'ynab berishga majbur bo'ladi. Xattoki jamoalar zaxira futbolchisini ham safar o'yinlariga olib kelishmaydi. Balki yirik hisobdagi mag'lubiyatlarning sababi shundadir? 


Bilamizki birinchi ligada ko'p narsa talabga javob bermaydi. Maydonlar bir axvolda, futbolchilarning kiyinish xonasini umuman gapirmasa ham bo'ladi. Mana shunday sharoitda futbolchilar safarda to'p tepishga majbur bo'lishadi. Bir necha yildan beri mana shu muammolar haqida gapirib kelinmoqda. Lekin biz ularni ko'rib ko'rmaganlikka olayapmiz.


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика