Ko'r sichqonlar "SHaxtyor" stadioni maydonini kavlab ketishdi (+FOTO)
13 sen 2018 11:48
Yangiliklar


Ko'r sichqonlar "SHaxtyor" stadioni maydonini kavlab ketishdi (+FOTO)
Doneckning "SHaxtyor" klubi "Xoffenxaym"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi tur uchrashuvidan oldin kutilmagan muammoga duch kelishdi.
"SHaxtyor" - "Xoffenxaym" o'yinidan oldin Xarkovdagi stadion maydonida ko'r sichqonlar ini paydo bo'ldi" - deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, "SHaxtyor" CHempionlar ligasi guruh bosqichida "Xoffenxaym", "Manchester Siti" va "Lion" bilan o'ynaydi. Doneck klubi Xarkovdagi stadionni ijaraga olgan.
"SHaxtyor" - "Xoffenxaym uchrashuvi 19 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar