So’nggi yangiliklar

21:50Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" 1:1 (матнли транлсяция)  35 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  64 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  6 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  1 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  14 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  16 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  4

Ko'prog'ini kutgandik. Birdan porlab, yo'q bo'lib qolgan Renatu Sanshesh haqida Yangiliklar

Ko'prog'ini kutgandik. Birdan porlab, yo'q bo'lib qolgan Renatu Sanshesh haqida

Teglar :  Renatu Sanshesh
Iqtidorli yosh yigit, Evropa CHempionlar Ligasi o'yinlari havosidan xabardor va Evro-2016 chempionligini nishonlagan portugaliyalik haqida.

Faoliyatining yangi davrini, ilk top klubida Karlo Anchelotti qo'l ostida boshlashi esa futbolchi sifatida o'sish uchun ideal variantdek edi. Renatu Sanshesh taqdiri barchamizga yana bir bor muvaffaqiyat siri to'xtovsiz mehnat, o'z ustida ishlash ekanligini ko'rsatib berdi.


2015/2016-yilgi yorqin mavsum 

Lissabonning "Benfinka" klubi 15/16-yilgi mavsumni juda omadli o'tkazdi, Portugaliya chempionligi, Portugaliya liga kubogi qo'lga kiritildi va ECHL chorak finaliga qadar etib bordi. Ushbu muvaffaqiyatlarga sezilarli ulush qo'shgan, ijodkor yarim himoyachi Renatu edi. U maydonda nafaqat o'ziga xos soch turmagi, balki to'p bilan muomalasi bilan ham ajralib turardi.

Renatu Sanshesh chempionatda 25 o'yinda, CHempionlar Ligasida 6 (ularning 4tasi pley-offda) va Portugaliya liga kubogida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. "Benfika" futbolchilarini yaxshi pulga sota olishini butun dunyo yaxshi biladi. "Burgutlar"ni chorak finalda to'xtatgan "Bavariya" yarim himoyachini ko'z ostiga olib qo'ydi va keyinroq u uchun 35 mln evro to'lab berdi.

Malum darajada mashhurlikka erishib ulgurgan Renatu Evropa chempionatida ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Portugaliya bosh sovrinni qo'lga kiritdi, yosh yarim himoyachi esa 6 o'yinda maydonga tushib, muhim gollardan biriga mualliflik qildi. "Bavariya" bosslari o'shanda qolganlarga kinoya bilan kulib qarashardi, sababi Evro-2016 oxiriga kelib, Sansheshning narxi sezilarli darajada oshgani va ular kerakli hujjatlarni terma jamoalar musobaqasiga qadar imzolab ulgurmaganda, bu transfer qimmatroqqa tushishi aniq edi.

Evro-2016"da Germaniya termasi himoyachisi Mats Xummels: "Evroda Sansheshning o'yinini ko'rganlar, u naqadar kuchli futbolchi ekanligini tushunib bo'ldi. Bu jarima maydonidan narigisigacha o'ynay oladigan ajoyib yarim himoyachi. U bilan mashg'ulotda to'qnash kelishni sabrsizlik bilan kutyapman. Jamoamiz uchun ajoyib yangi vakil".


Omadsizlikka duch kelganda

"Bavariya" futbolkasidagi dastlabki davrida futbolchiga Bundesliga o'yinlarida muntazam ravishda imkon berildi. Karlo Anchelotti avvaliga Sansheshni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rardi, lekin bir necha haftadan keyin Renatu zaxiradan maydonga tushish bilan kifoyalana boshladi. Keyinroq o'yin oxiridagi o'sha 15-20 daqiqa ham bazan bor, bazan yo'qqa chiqdi. ECHL pley-offida portugaliyalik bor yo'g'i 11 daqiqani maydonda o'tkazdi, u ham hammasi hal bo'lgan "Arsenal"ga qarshi o'yinda. Sanshesh o'z nuqtasida Vidal va Alonso qanday harakat qilayotganini tomosha qilishga majbur edi. "Bavariya"da raqobatni engib, asosiy tarkibda muntazam o'ynash u qadar oson ish bo'lib chiqmadi. Karlo Anchelotti bir necha bor futbolchiga ishonishi va u vaqti kelib myunxenliklar muxlislarini o'yinlari bilan xursand qilishini aytgandi, ammo bunday bo'lib chiqmadi.

Mahoratli jamoadoshlari davrasida ter to'kib, o'z ustida ishlab, ko'proq vaqtga loyiqligini isbotlashga urinishning o'rniga, sportchi maydondan tashqarida ham ko'ngilsizliklarga duch kela boshladi. Nemis tilini o'rganishni istamaslik, sigaralar bilan tarqalgan videolar, klubdagi holatidan ochiqchasiga norozi bo'lish. Bularning barchasi Evropa chempionining o'zi shundoq ham qiyin vaziyatini yanada yomonlashtirdi. Natijada, futbolchini Angliyaga jo'natib yuborishdi.

"Suonsi"dagi ijara umuman o'xshamadi: futbolchi maydonga mavsum davomida bor yo'g'i 12 marta tushdi va faqat bir marta g'alaba qo'lga kiritildi. Qolgan vaqtlar futbolchi jarohatlarini davolash bilan band bo'ldi, kamdan-kam o'yinlardagi ishtirokida ham Renatu shunday o'yin ko'rsatdiki, klub rahbariyati qanday qilib hamkorlikni ertaroq to'xtatish mumkinligi haqida bosh qotirishdi.

Ijaradan qaytgach, Renatu yana Myunxen klubida o'z o'rniga ega bo'lishga intildi, lekin murabbiyning almashishi ham hech nimani o'zgartira olmadi. Taqdirning xazilimi, ECHLdagi to'liq 90 daqiqani ham futbolchi jonajon "Benfika"ga qarshi o'tkazdi. Eng asosiysi u gol urdi! Tabiiyki futbolchi golini sobiq jamoasiga bo'lgan hurmati sabab nishonlamadi. O'sha aniq zarba futbolchi uchun hamon ECHLdagi yagona gol bo'lib qolmoqda.


Faoliyatining hozirgi davri

"Bavariya" darajasida to'p tepa olmayotganini tushungan Sanshesh nisbatan kamtar "Lill"ga yo'l oldi va birdaniga sezilarli darajada ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Francuzlar sarflagan 20 mln evrolariga hech ham achinishmadi. Vaholanki bu transfer klub tarixida rekord ko'rsatkich bo'lib qayd etilgan bo'lsada. Evropaning top-chempionatlarining istalgan vakili tarkibiga, agar o'yin amaliyoti vada qilishsa, o'tishga tayyorligini aytgan Renatu intervyularidan birida nihoyat juda baxtli ekanligini aytgandi.

Ha, ECHLda jamoaning omadi kelmadi, lekin umuman olganda Liga 1"ning o'tgan mavsumini ijobiy yakunlandi desa bo'ladi. O'yinni chetdan tomosha qilib charchagan Renatu har "uikend" maydonga tushish va CHempionlar Ligasida kurashish imkoniyatiga ega bo'ldi.


Keljak rejalari

O'zining jamoasida yalt etib chiqqan kpchilik iqtidorlar kabi, Sanshesh birdaniga bir nechta daraja yuqoriroqda turuvchi, dunyo futboli grandlaridan biri bilan shartnoma imzolaydi. Bunday keskin "o'sish", aksariyat hollarda yangi jamoaga moslashishdagi qiyinchiliklar va kam o'yin amaliyotiga sabab bo'ladi. Bu esa yosh iqtidorli futbolchilar uchun eng yomoni. 

Bunga yana maydondan tashqaridagi ko'ngilsizliklarni qo'shing. To'g'ri, ketma-ket ahmoqliklar qilishida futbolchining o'zi aybdor. Top klubga katta umidlar bilan olib kelingan futbolchiga OAV tomonidan qaratilgan alohida "etibor" va jamoadagi raqobat Renatu faoliyatiga salbiy tasir qila boshladi. Portugaliyalik vaqtida bularni tushundi shekilli, bir qadam orqaga tashladi.

Renatu uchun hozir yaxshisi Liga 1"da to'rtinchi o'rin uchun  minut kurashgan, Bundesligadagi g'alabalarga o'rindiqdan qarsak chalishdan yaxshiroq. Franciyaning eng yaxshi klublaridan biridagi 2-3 mavsum futbolchi o'sishi va tajriba to'plashi uchun yaxshi variant. Renatu vaqti kelib, hali yana dunyoning top-klublaridan biri tarkibiga borib qo'shilishi mumkin, lekin bu safar u ancha tajribali bo'ladi hamda o'z kuchiga ishongan, turli vaziyatlarga tayyor bo'ladi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика