"Kopengagen" ustozi CHempionlar ligasini kim yutishini bilar ekan
07 mar 13:15
Yangiliklar
"Kopengagen" ustozi CHempionlar ligasini kim yutishini bilar ekan
"Kopengagen" bosh murabbiyi Yakob Neestrupning fikricha, joriy mavsum "Manchester Siti" CHempionlar ligasi g'olibiga aylanar ekan.
"Kopengagen" CHempionlar ligasi 1/8 finalida "Manchester Siti"ga ikki uchrashuvda mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.
"Biz ketma-ket ikkinchi mavsum ular bilan o'ynayapmiz va raqib yanada kuchaygan. Ularning bari individual top futbolchilar. Maydondagisi ham, zaxiradagisi ham.
Ammo asosiysi ular tinimsiz mehnat qilishadi. "Siti" futbolchilari jismonan juda kuchli, ammo bu hammasi emas. Ulrda futbol intellekti va texnika bor.
CHempionlar ligasini ular yutishadi. SHunday bo'ladi. Biz yaxshi jamoalarga qarshi o'ynadik, ammo "Manchester Siti" qolganlardan bir bosh ustun" - deydi Neestrup.
Fikrlar