Kopa Amerika. Argentinaning yarim finaldagi raqibi malum
06 iyu 2024 08:17
Yangiliklar
Kopa Amerika. Argentinaning yarim finaldagi raqibi malum
Bir necha daqiqa avval Kopa Amerika musobaqasining chorak finalidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Kanada Venesuelaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad shimolliklarga kulib boqdi. Endi Kanada terma jamoasi final yo'lida Argentinaga qarshi bahs olib boradi.
Venesuela – Kanada 1:1 (penalti - 3:4)
Gol: 0:1 – 13 SHaffelburg, 1:1 – 64 Rondon.
Venesuela – Romo, Aramburu, Osorio (Anxel, 90), Ferraresi, Navarro, Belo (Lakava, 84), Soteldo (Savarino, 84), Martines (Rinkon, 90), Errera, Kasseres (Kadis, 60), Rondon.
Kanada – Krepo, Djonston, Kornelius, Lumpungu, Devis, Lareyya (Axmed, 72), Osorio (Kone, 81), Eushtakiu, Larin (Oluvaseyi, 72), Devid, SHaffelburg (Millar, 62).
Fikrlar