Kopa Amerika-2024. Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni va to'purari aniqlandi
15 iyu 2024 12:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/796438_original.jpg)
![](/upload/storage/796438_220.jpg)
Kopa Amerika-2024. Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni va to'purari aniqlandi
Ularning har ikkisi Argentina vakili.
AQSHda bo'lib o'tgan turnirda Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines Amerika Kubogining eng yaxshi darvozaboniga aylandi. U 6 o'yindan 5 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, jumladan, Kolumbiyaga qarshi final (qo'shimcha vaqt 1:0) uchrashuvida ham.
SHuningdek, Martines chorak finalda Ekvador bilan o'yindagi penaltilar seriyasida ikkita penaltini qaytardi (1:1, penaltilar bo'yicha – 4:2).
Musobaqaning eng yaxshi to'purari Lautaro Martines bo'ldi. Argentina terma jamoasi hujumchisi turnirning 6 o'yinida 5 ta gol urdi, etiborlisi, ulardan 3 tasi g'alaba to'pi edi.
Bugun Kolumbiyaga qarshi kechgan finalda (1:0) ham Lautaro 112-daqiqada kiritilgan yagona to'pga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar