So’nggi yangiliklar

23:45А Серия. Чемпион "Интер" "Сассуоло" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  20 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  71 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  9 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  3 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  4 23:00Саудия Арабистони чемпионати. Роналду ва Мане бошчилигидаги "Ал Насср" ўз уйида "Ал Веҳда"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  2 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  4 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2 21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11 20:57Беларусдаги футбол ўйини 50:0 ҳисобида якунланди  5 20:35Суперлига. "Сўғдиёна" пешқадам "Андижон"ни "Бобур Арена"да мағлубиятга учратди  92

Kopa Amerika-2021 oldidan 10 savol - Messi Argentina bilan chempion bo'lishiga Braziliya yo'l qo'yadimi? Yangiliklar

Kopa Amerika-2021 oldidan 10 savol - Messi Argentina bilan chempion bo'lishiga Braziliya yo'l qo'yadimi?

SHu kunlarda nafaqat Evropada, balki Janubiy Amerikada ham katta futbol bayrami rejalashtirilgan.

13 iyundan 14 iyunga o'tar kechasi tarixdagi eng shov-shuvli Amerika Kuboklaridan biri start oldi. SHu munosabat bilan, Amerika Kubogi-2021dan oldin eng muhim 10 savolga etiboringizni qaratishga qaror qildik.  

Musobaqa to'liq xajmda o'tkaziladi. Braziliya termasining qaydnomasi ham elon qilingach, bu haqida ishonch bilan aytishimiz mumkin. Avval boshida musobaqa bir yil avval Kolumbiya va Argentinada o'tishi belgilangan edi, lekin barcha rejalarni koronavirus buzib yubordi. Bu yilga kelib vaziyat o'zgardi va har ikki mezbon maqomidan mahrum etildi – shimol vakili mamlakatdagi prezidentga qarshi chiqishlar sabab, janubiy mamlakat esa pandemiya tufayli. Oxir-oqibat musobaqa ko'chirilgan Braziliyada ham kasallanganlar soni kam emas, shuning uchun ham terma jamoa vakillari va bosh murabbiy Tite musobaqada ishtirok etishdan bosh tortmoqchi edi.

Pandemiya tufayli musobaqaga taklif etilgan "mehmonlar" – Qatar va Avstraliya musobaqada ishtirok etmaslikni maqul ko'rdi. Quraga binoan, jamoalar geografik joylashuviga ko'ra guruhlarga ajratilgan. Janubiy guruhga Argentina, CHili, Urugvay, Paragvay va Boliviya yo'l olgan bo'lsa, shimoliyda – Braziliya, Kolumbiya, Peru, Ekvador va Venesuelani ko'rish mumkin. O'yinlar tomoshabinlarsiz o'tadi va musobaqani to'rt shahar qabul qiladi – Rio-de-Janeyro (ikki stadion), Braziliya, Kuyaba va Goyaniya.

Musobaqa ishtirokchilarining holati va jamoalarga oid qiziqarli malumotlarni o'rganib chiqsak:

A guruhi (janub):

Messi Argentina bilan sovrin yuta oladimi?

Lionel terma jamoa safida Jahon chempionatidan buyon o'yindan birorta to'p kiritishga muvaffaq bo'lmadi va faqatgina penaltilardan keyin o'z nomini tabloga yozdirib qo'ymoqda. Amerika Kubogidagi muvaffaqiyat futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri uchun bu yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun oxirgi imkoniyat desak, adashmaymiz. Leo uchun ushbu musobaqa oltinchi Kubok bo'ladi: Messi faqatgina 2011 yil medalsiz qolib ketgan, ammo boshqa tomondan biror marta unda g'olib bo'lmagan. Bosh murabbiy Skaloni uchun ham bu musobaqa hal qiluvchi bo'lishi mumkin. Ikki yil avval u jamoada katta o'zgarishni amalga oshirgan va Kubok davomida 4-3-1-2 taktik sxemasiga o'tilgan, oqibatda bronza medallari qo'lga kiritilgandi. 

Hozir "albiseleste" ustozi tomon yana tanqid toshlari otilmoqda. U saralashning oxirgi ikki uchrashuvida qo'pol taktik xatolarga yo'l qo'yib, yuta olmadi: oddiy misol CHiliga qarshi o'yinda ikki tayanch yarim himoyachining biri tezkor bo'lmagan Leandro Paredes bo'lgani va bu ulardan teparoqda pressingda deyarli ishtirok etmaydigan Messi joylashganiga izoh topish biroz mushkuldek. Jamoa etakchisiga juda bog'lanib qolgan va pozicion hujumda ancha sekin harakat qiladi, himoya chizig'i vakillari esa "ikkinchi qavatdagi" kurashlarda raqibga juda ko'p imkoniyat qoldiradi.

Darvozabonlar borasida ham savollar yo'q emas – Skaloni davridagi asosiy posbon Franko Armani koronavirus bo'lib sog'aydi, Angliyada ajoyib mavsum o'tkazgan Emiliano Martines esa Kolumbiya bilan uchrashuvda jarohat oldi. Ularning har ikkisi musobaqa qaydnomasiga kiritilgan.


CHilining oltin avlodining so'nggi "chiqishi" qanday bo'larkan? 

"Yurishi" 2007 yil yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida boshlangan qitaning eng yoshi ulug' jamoasini yoshlar bilan ishlashni qoyillatadigan urugvaylik Martin Lasarte boshqarmoqda. Aynan shu mutaxassis o'z vaqtida Luis Suares va Antuan Grizmann kabi jahon yulduzlarini katta futbolga taqdim etgan. Ammo hozir "qizillar" tarkibida yosh futbolchilar yo'q hisobi. Klaudio Bravo, Maurisio Isla, Gari Medel, Arturo Vidal, Aleksis Sanches – ularning har biri uchun bo'lajak Kopa faoliyatidagi so'nggisi bo'lsa ajab emas.

Lasartening ishi, qarorlari hozircha ko'plab savollarga sabab bo'lmoqda. Jamoa Argentinaga mag'lub bo'lmadi, lekin kutilmaganda uyida Boliviya bilan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.


Oskar Tabares Urugvay hujumidagi muammolarga qanday echim topadi?

Amerika Kubogining eng tajribali murabbiyi tajribalarga qo'l urishni boshlab yubordi. Pragmatikligi bilan nom chiqargan murabbiy himoya chizig'ini yanada mustahkamlash zarur degan qarorga keldi. Paragvay bilan o'yinda hamda Venesuelaga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limining malum qismlarida biz uchta markaziy himoyachi harakat qiluvchi taktik yurishga o'xshash gibrid sxema guvohiga aylandik. Bunday qaror Diego Godin va Martin Kaseresning yoshi o'tib borayotgani sabab qabul qilingna bo'lsa ajabmas.

Biroq urugvayliklarning asosiy muammosi pozicion hujumligicha qolmoqda. Ha, oxirgi ikki o'yinda dam berilgan Edinson Kavani o'ynamadi, ammo Tabares Forlan tipidagi futbolchini baribir topa olmadi va maydon markazidagi (yarim himoyachilar tanlovi keng bo'lgan holatda) rombdan voz kechdi. Endi u qanotlarga alohida urg'u berish niyatida. U erda esa mahalliy chempionat vakili Jovanni Gonsales (o'ngda) va "yangi Alvaro Pereyra" (Kaseres borligi uchun yarim himoyachi funkciyasi yuklatilgan himoyachi) – Matias Vinya (chapda) harakat qiladi.


Paragvay termasi yuqori pressing va chuqur himoya o'rtasidagi balansni topa olarmikin?

Paragvay futboli uzoq yillardan buyon himoyaga alohida urg'u berishi hech kimga sir emas. Bu vaziyat mamlakatga xorijlik murabbiylar yuqori pressingni "olib kirishlari" oqibatida ham keskin o'zgarmadi. SHunga o'xshash ishni Xerardo Martino amalga oshirgan va "guarani" bilan katta yutuqlarga erishgandi. Hozirda bosh jamoani Eduardo Berisso boshqarmoqda.

"Sevilya" va "Selta" sobiq ustozi darajasi jamoasidan pastroq raqiblarga qarshi bellashuvlarda o'zining sevimli falsafasidan muntazam ravishda foydalanib keladi. Tanyach zonasida katta yulduzlarning yo'qligi sabab "guarani"ning ishlari havas qilgudek emas. Misol uchun avvalgi musobaqada Qatar bilan 2:2 durang qayd etilgandi.  

Top-raqiblar bilan o'yin scenariysi butkul boshqacha tus oladi. "Guarani" himoyada yopilib olishni yaxshi biladi, 2019 yilgi musobaqada Braziliya darvoza tomon yo'l topa olmagan (o'yinning asosiy vaqtida 0:0) va Argentina hamda Urugvayga qarshi safar uchrashuvlarida bo'lgani kabi. Kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarda kerakli natijaga ershish yo'lida Berisso ijodkor futbolchilarga "qora mehnat"ni o'rgatish, uni talab qilishdan hech ham uyalmaydi. "Albirroxa" muhim o'yinlarda vaziyat taqozo etsa, sof hujumchisiz maydonga tushishi va bu rolni nominal vinger Anxel Romeroga ishonishi mumkin. O'z o'yinini topib olsa, Paragvay ham istalgan grand raqibga bosh og'rig'i bo'la oladi.  


Boliviya guruhdagi vaziyatga tasir ko'rsata oladimi?

Boliviyaliklar guruhda yaqqol autsayder, ammo ikki raqibdan JCH saralashida safarda ochko tortib olishni uddalashdi. Marselo Moreno ajoyib sport formasiga kirib olganini alohida takidlash lozim. 33 yoshli futbolchi saralashning Janubiy Amerika qismi to'purari bo'lib turibdi. Jamoa tarkibida yana bir faxriy futbolchi Xuan Karlos Arse harakat qiladi. U o'z vaqtida (11 yil avval) "Terek" safida o'sha vaqtlar "Anji" sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Odil Ahmedovga qarshi to'p tepgan.

Boliviya muxlislarining bosh murabbiy – venesuelalik Sesar Fariasdan ham umidlari katta. Mutaxassis Kopada ona yurti termasi bilan to'rtinchi o'rinni egallagan va bu natija hamon Venesuela tarixida eng yaxshi hisoblanadi.


B guruhi (shimol):

Braziliya titulni himoya qila oladimi?

Hukumat qarshiligiga qaramay, Titeni saqlab qola olgan va qatorasiga ikkinchi uy musobaqasini o'tkazishga so'nggi pallada rozi bo'lgan pentakampeonlar jamoa sifatida yanada jipslashdi va kuchliroq bo'ldi desak mubolag'a bo'lmas.

Tite jamoasi so'nggi yillarda qay tarzda o'zgarib bordi? Bir yo'la ikkita "sakkizlik" bor 4-3-3 taktik sxemasidan (himoyalanayotgan 4-4-2, shu yo'l bilan Neymar "qora ishdan" ozod etiladi), Amerika Kubogiga pentakampeonlar yarim himoyada Paulino o'rniga Artur bilan, yani markazda to'pni ko'proq ushlab turish usuli bilan etib kelishdi. Bu himoyadagi o'yinni tartibga solishda yordam berdi (Alisson bor yo'g'i bitta gol o'tkazib yubordi), lekin chuqur himoyalanuvchi raqiblarga qarshi o'rinsiz uslub edi – Venesuela yoki Paragvay misol.

Hozirda Artur o'rnini Fred egalladi, jarohatlangan Koutino o'rnini Lukas Paketa yopmoqda. Biroq bu variantda ham jamoa to'p bilan juda ko'p vaqt shunchaki vaqt o'tkazish uchun muomalada bo'layotgandek harakat qilyapti. Oxirgi bahsda Tite B rejasiga o'tdi, ushbu variant jamoaga faqatgina o'ta mushkul vaziyatlarda yordamga kelardi, ammo vaqt o'tishi bilan asosiy qurolga aylanib bordi. Paragvay bilan o'yinda murabbiy bir yo'la to'rt nafar hujumkor futbolchini asosiy tarkibda maydonga tushirdi va bu tezkor golga zamin yaratdi. Kazemiro va Fred tayanch zonasida jamoa himoyasi ojiz bo'lib qolmasligini taminlashdi. 

Bu musobaqa Neymar uchun o'zgacha bo'lishi kutilmoqda, futbolchi Kubok-2019ni o'tkazib yuborgan va hozirda yaxshi sport formasida, jamoasiga yordam berishga tayyor. Dani Alvesga esa tarkibda joy topilmadi, uning o'rnini Emerson egalladi va mashhur futbolchi faoliyatidagi 42-sovrinni boshi uzra ko'tarolmaydigan bo'ldi (hozircha). Qizig'i, uning o'rnini egallagan Emerson hozirda Dani uzoq yillar sharafini himoya qilgan "Barselona" futbolchisi hisoblanadi va oxirgi mavsumni ijara asosida "Betis"da o'tkazdi. 


Xamessiz qolgan Kolumbiyadan nima kutish mumkin?

Jismoniy holati sabab Reynaldo Rueda terma jamoa etakchisini Kubok bahslariga olib ketmaslikka qaror qildi. Musobaqada uning o'rinbosari Xuan Kintero ham ishtirok etmaydi. Terma jamoa ustozi bu vaziyatda qanotlarga ko'proq etibor qaratadi. Karlosh Keyrush davrida sakkizlik va vinger gibrid rolini bajargar Xuan Kuadrado qanotga qaytarilishi kutilmoqda. Rueda odatda 4-4-2 va 4-3-3 taktik sxemalaridan foydalanadi. Birinchi variantda u oldingi chiziqda "Atalanta" yulduzlari Duvan Sapata va Luis Murelni (Falkao jarohatlangan) birgalikda ishga solsa, ikkinchi variantda pressingga urg'u beriladi. Bu jarayonda jarohatlangan Lerma va Uribedan faollik talab qilinadi. Asosiy tarkibda Vilmar Barriosni ko'rmasak kerak – ushbu murabbiy qo'l ostidagi har ikki o'yinni Barrios o'rnini Gustavo Kuelyarga boy bergan hamda zaxira o'rindig'ida boshlagandi.

Kolumbiyaning yorqin avlodining ochiqchasiga omadi chopmay, qita miqyosida juda kam sovrin yutdi – bor yo'g'i 2016 yilgi bronza. O'z qitasida "kofechilar" mahalliy Angliya nomini olishgan – kolumbiyaliklar so'nggi to'rt musobaqada uch bor overtaym yoki penaltilar seriyasida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan.

Sapata va Muriel yaxshi sport formasida va jamoa muxlislari bu safargi musobaqani katta orzular bilan kutishmoqda. 


O'z uyida, baland tog' hududida, o'ynamaydigan Ekvador ijobiy natijaga erisha oladimi?

Argenitnalik murabbiy Gustavo Alfaro qo'l ostida jamoa saralash bosqichini ancha dadil boshladi. Biroq barcha gollarini ekvadorliklar baland tog' hududida – mamlakat hududidagi Kito va La-Pasda raqiblar darvozasiga yo'llagandi. Ekvador ananaviy ravishda Amerika Kubogida muvaffaqiyatsiz ishtirok etadi – jamoaning eng yaxshi natijasi to'rtinchi o'rinligicha qolmoqda.

Tarkibga tajribali Kristian Noboa jalb etilgan, lekin RPL vakili asosiy tarkib azosi emas, u yosh "Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedoga raqobatni boy bermoqda.


Peru: Gerrerosiz va qisqa zaxira o'rindig'i bilan hayot qanday davom etadi?

Rikardo Gareka kadrlarning jiddiy muammosiga duch keldi. Mutaxassis yoshlar bilan ishlashni xush ko'radi, bunga U-20 termasi asosiy jamoa bilan Rossiyaga mundialdan avvalgi yig'inga kelgani isbot bo'la oladi. Biroq o'sha jamoaning birorta vakili milliy terma darajasigacha o'sishga erisholmadi. 

Hozir jamoa keskin o'zgarishni amalga oshirishga majbur. Hozir jamoa keskin o'zgarishni amalga oshirishga majbur. Musobaqada Edison Flores, Jefferson Farfan (jarohat sabab), Luis Advinkula (Segunda pley-off hal qiluvchi o'yinlari sabab "Rayo Valekano"ga qo'yib yuborishni so'ragan), Pedro Akino, Karlos Sambrano, Raul Ruidias va asosiysi, Paolo Gerrero ushbu turnirda ishtirok etmaydi. 37 yoshli bombardir yaxshi sport formasida emas va shu sababli hujum chizig'ida Janluka Lapadula (italiyalik avlodlari ham bor bo'lgan) yoki Santyago Ormeno (meksikalik qarindoshlari bor) harakat qiladi. Qiziq holat-a?!


2017 yilgi U-20 JCH sovrindorlari Venesuela o'yinida qanday rol o'ynaydi? 

To'rt yil avval "vinotinto" yoshlari sensacion tarzda jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan. O'tgan vaqt davomida kechagina o'smir bo'lgan yigitlar "eng gullagan" davriga etib kelgan bo'lsada, ulardan hech biri chinakamiga yulduz bo'lib porlamadi. Endi jamoani o'sha vaqtdagi murabbiy Rafael Dudamel boshqarmayapti, hozirda bosh murabbiy kursisi Joze Pezeyruga tegishli. U oxirgi o'yinlarda kontinentning eng iqtidorli darvozabonlaridan biri, "Lans" zaxirasida o'tirgan Vilker Farines xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi. Uning o'rnini Boliviya bilan o'yinda qovun tushirgan Xoel Graterol egalladi.

Jamoa etakchilari o'zgarmagan – Roberto Rosales va Tomas Rinkon. Rossiya Premer-Ligasidagi o'yinlari bilan muxlislarga tanish Jon CHanselor yakuniy ro'yxatga kiritildi, ammo top raqiblarga qarshi jamoa uch nafar markaziy himoyachi bilan harakat qilsada, Vilker Anxelga tarkibdan joy topilmadi. SHuningdek, anchagina mashhur bo'lgan Salomon Rondonni ham bo'lajak turnirda ko'rmaymiz, bunga futbolchining jismoniy holati talabga javob bermasligi sabab bo'ldi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика