Kontega "Manchester Siti" himoyachisi kerak
21 iyu 2020 18:10
Yangiliklar


Kontega "Manchester Siti" himoyachisi kerak
"Inter" "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerni yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi qilib belgilab oldi.
"The Sun On Sunday" xabariga ko'ra, "neradzurri" bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibni kuchaytirish maqsadida faqatgina APL jamoalaridan futbolchilar sotib olishni istamoqda. 30 yoshli himoyachi ham navbatdagi nishon bo'lib turibdi.
Ammo "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola himoyachining xizmatlaridan uzluksiz foydalanayotganligi transferning amalga oshishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
Ushbu mavsumda angliyalik futbolchi APLning 22 o'yinida 1 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar