Konte rahbariyatdan "Manchester Yunayted" futbolchisini sotib olishni so'radi
30 sen 2019 12:05
Yangiliklar


Konte rahbariyatdan "Manchester Yunayted" futbolchisini sotib olishni so'radi
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte klub rahbariyatidan qishda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matichni sotib olishni so'radi.
Xabarlarga qaraganda, "neradzurrilar" tez orada futbolchi bilan muzokaralar boshlashga tayyor.
Serbiyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Qayd etish kerakki, Matich MYUda muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmayapti, ammo jamoaning so'nggi 3ta o'yinida maydonda harakat qildi.
Oldinroq, yarim himoyachi uchun "Milan" va "Yuventus" klublari raqobatlashayotganligi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar