Konte qishdayoq Insineni "Tottenxem"da ko'rmoqchi

Alisher
14 dek 2021, 18:50
Shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan "Napoli" hujumchisi Lorenco Insinening kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Jurnalist Fabio Santinining xabariga ko'ra, Insine bilan shartnoma imzolashga bosh da'vogar "Tottenxem" hisoblanadi.

Uning qayd etishicha, "Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis Insinening "Tottenxem"ga o'tish variantini yaxshi deya baholamoqda. U sardorning italyan jamoasiga o'tishini xohlamaydi.

Qayd etish kerakki, Antonio Konte Lorenco Insineni qishdayoq "Tottenxem"da ko'rmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Area Napoli