Konte Lautaro va Lukaku haqida: "To'psiz yaxshi ishlaydigan forvardlarni topish oson emas"
24 noy 2019 15:20
Yangiliklar


Konte Lautaro va Lukaku haqida: "To'psiz yaxshi ishlaydigan forvardlarni topish oson emas"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya 13-turida "Torino" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) keyin gol mualliflari Lautaro Martines va Romelu Lukaku borasida gapirdi.
"Holat (o'yinchilar etishmaslgi) o'zgarmaydi, lekin biz faqat yigitlarimizning say-harakatlariga rahmat aytishimiz mumkin. Ular haqiqatan ham borlarini berib o'ynashmoqda. Bu yosh yigitlarni oldinda yanada o'sishlari uchun 6-7 yil yuqori darajadagi faoliyat kutib turibdi. Birinchi navbatda ular jamoa uchun qanday ishlashayotgani, vaziyatlar yaratib, himoyachilarga bosim uyushtirayotganliklaridan mamnunman.
To'psiz yaxshi ishlaydigan forvardlarni topish oson emas", – deydi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar