Konte: “Ko'plab vaziyatlarni yaratyapmiz, ammo kam gol uryapmiz”
01 noy 2020 09:57
Yangiliklar
Konte: “Ko'plab vaziyatlarni yaratyapmiz, ammo kam gol uryapmiz”
“O'yinda raqibdan har jabhada ustunlik qilib turib, arang mag'lubiyatdan qutulib qolyapsanmi, demak, bu vaziyatda nimadir noto'g'ri amalga oshirilyapti. Biz maydonda biroz tajovuzkor va “Parma” sigari natijaga qarab harakat qilishimiz lozim.
Ko'plab golli vaziyatlarni yaratayotganimiz – yaxshi o'yin ko'rsatayotganimizdan dalolat. Ammo muammomiz juda ham kam gol urayotganimiz. Gap hujumchilar haqida emas, umuman hujumda ishtirok etayotgan barchaga taalluqli. Biz juda ham yumshoq harakat qildik va endi navbatdagi durangimizni muhokama qilyapmiz”, deya Kontening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio.
“Inter” Italiya A seriyasi turnir jadvalida 11 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda. “Parma” olti uchrashuvda 5 ochko jamg'arib, 15-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar