Konte kelajakda "Yuventus"ga qaytishi mumkin
24 jan 2015 23:34
Yangiliklar


Konte kelajakda "Yuventus"ga qaytishi mumkin
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte kelajakda "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini takidlab o'tdi.
"Yuventus"dan ketishim o'z-o'zidan ruy bergani yo'q. Bu haqida uzoq o'ylagandim. Men bu qarorga kelishda ko'proq yurgaimga quloq solmadim, aksincha boshimga ishondim. "Yuventus"da yuragim bilan ishlagandim. Faoliyatimdagi bu uch yilni juda katta bosim bilan o'tkazdim. Bizni ilk vazifamiz "Milan"ni tojdan tushirish edi va buni uddalagandik. O'shanda "Milan" safida Tiago Silva va Ibragimovich kabi yuqori darajadagi futbolchilar bor edi. Kelajakda Turinga qaytishim mumkinmi? Ko'ramiz. Hech qachon "hech qachon" dema deyishadi. Bu shahar men uchun juda qadrli. Turinda futbolchi va murabbiy sifatida 16 yilni o'tkazganman.

Fikrlar