Konte: "Eriksen ketishni xohlayotganini tan oldi"

Alisher
24 dek 2020, 18:23
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

"Men Kristianga eng yaxshilarini tilayman. U ketishni xohlayotganini tan olishi to'g'ri bo'ldi.

Murabbiy boshqa, menejerlar boshqa fikrda bo'lishlari tez-tez bo'lib turadi, ammo hamma narsa o'zaro kelishuv asosida hal bo'ladi", - deydi mutaxassis.

Eriksen 2020 yilning yanvaridan beri "Inter"da o'ynaydi. Daniyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato