Konte "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Bundan ko'prog'iga loyiq edik"
03 okt 2019 06:50
Yangiliklar


Konte "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Bundan ko'prog'iga loyiq edik"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte CHempionlar ligasi 2-turida "Barselona"dan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"O'ylaymanki, bugungi kechada bundan ham ko'prog'iga loyiq edik. Uzoq vaqtlardan beri "Barselona"dek klubga muammolar tug'dirib kelmoqdamiz. Balki bazi o'yinchilarimizning ikkinchi bo'limda kuchi qolmagan bo'lishi mumkin, chunki qisqa vaqt ichida ko'p bahslarda o'ynamoqdamiz. Lekin, shunday bo'lsa ham, men bugungi oqshomda ko'prog'iga loyiq edik, deb ishonaman. Mag'lubiyatdan yaxshilik izlashga harakat qilaman, chunki yutqazish men uchun og'riqli", – deydi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar