Konte: “Azar va Kurtuani saqlab qolishimiz muhim”
30 dek 2017 00:46
Yangiliklar
Konte: “Azar va Kurtuani saqlab qolishimiz muhim”
“CHelsi” bosh murabbiyi Antonio Kontening tushuntirishicha, London klubi o'z etakchilari darvozabon Tibo Kurtua va yarim himoyachi Eden Azarni jamoada saqlab qolishi lozim.
Ilgariroq Kurtuaga “Real” qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqlargan edi. Azarning otasi esa “Real”ning qiziqishi bois Eden “CHelsi” bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. Sky Sports News nashrining xabariga ko'ra, 2020 yil yozida shartnomasi nihoyasiga etadigan Azarga “CHelsi” hozircha yangi shartnoma taklif qilmagan.
“Bu kabi futbolchilarni jamoada saqlab qolish kerak, sotish emas” deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Fikrlar