So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  28 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Konte: "Agar 2 futbolchi tayanch zonasida to'pni olib qo'yish uchun kurashmasa, "CHelsi"ni juda yomon mavsum kutyapti" Yangiliklar

Konte: "Agar 2 futbolchi tayanch zonasida to'pni olib qo'yish uchun kurashmasa, "CHelsi"ni juda yomon mavsum kutyapti"

Teglar :  Antonio Konte
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Real"ga qarshi bahs (2:3) haqida fikr bildirdi.

"Bor-yo'g'i ikki kun dam olib jahonning eng kuchli klublaridan biriga qarshi o'ynash oson emas. Jamoa charchaganini bilardim. Bundan tashqari, bugungi bahs biz uchun muhim edi. Bu uchrashuvda jamoa to'p bilan va to'psiz harakat qilishi qanchalik muhim ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Agar to'psiz o'yinni yo'lga qo'ya olmasak, biz avvalgi mavsumni takrorlashimiz mumkin. Bugun himoyada o'zaro tushunib o'ynash bo'lmadi. Bunga etibor qaratish kerak, chunki avvalgi bahsda bunaqasi sodir bo'lmagan edi. O'sha paytda to'p bilan o'yinni kuchaytirishimiz kerak deb o'ylagan edim. Ammo bugun to'p bilan harakatlar yaxshi bo'ldi, ammo u siz juda yomon o'ynadik.

Doimo bir jamoa bo'lib o'ynash kerak. To'psiz o'ynash jismonan qiyin, lekin biz safni saqlab qolib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Agar ikki-uch futbolchi to'pni olib qo'yishda ishtirok etishni istamasa, biz omadsizliklarga uchraymiz.

Vazifam - jamoa qurish. Futbolchi hamda murabbiy sifatida shuni aytishim mumkinki, agar maydonda va uning tashqarisida bir jamoa bo'la olmasak muvaffaqiyatga erisha olmaymiz. Buni tushunish va futbolchilarga etkazish juda muhim. Bir oila bo'lishimiz kerak. Aynan shu narsa o'tgan mavsumning tasirin yo'qotishi mumkin. Agar buni tushuna olmasak, mag'lubiyatga uchrayveramiz" - deydi Konte.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика