Konstantin Gilke: "Lokomotiv"da hamma narsa bor..."
20 fev 2017 00:47
Yangiliklar
Konstantin Gilke: "Lokomotiv"da hamma narsa bor..."
Ruminiyalik murabbiy bo'lajak bahs haqida fikr bildirar ekan, ko'p narsa omadga bog'liqligini aytib o'tdi.
“O'zbekistonda mavsum hali boshlanmaganini bilamiz. Bu biz uchun yaxshimi? To'g'risi, bir narsa deyishim qiyin. CHunki bazi jamoalar birinchi rasmiy o'yindayoq ijobiy natija ko'rsata olishadi. “Lokomotiv”da hamma narsa bor: kuch, tezlik va raqibga nisbatan bosim. Ochig'i, bu jamoani hurmat qilish lozim”.
“Albatta, ertangi bahs biz uchun juda muhim. CHunki klub tarixida ilk bor Osiyo chempionlar ligasi o'yinini o'tkazamiz. Futbolchilarimiz bo'lajak uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda. Biz yangi tarix yaratishga harakat qilamiz”.
“Menda ertangi o'yinga oid bir qator rejalar bor: uchrashuvni A planda boshlaymiz va o'xshamasa B, C rejalarga o'tamiz. Albatta, Osiyo chempionlar ligasida omad tufayli qatnashyapmiz va guruhdagi barcha raqiblarni hurmat qilamiz. “Lokomotiv”, “Al Ahli”, “Istiqlol” – bular Osiyoda nomi chiqqan klublar hisoblanadi. Lekin, biz ham o'zimizni ko'rsatishni xohlaymiz”, – deydi “Al Taavon” bosh murabbiyi.
“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.
19 fevral, Burayda, S.Arabistoni.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar