KONMEBOL rahbarlarini "semiz mushuklar" deb atagan Osvaldo jazolanishi mumkin
20 may 2015 10:24
Yangiliklar
KONMEBOL rahbarlarini "semiz mushuklar" deb atagan Osvaldo jazolanishi mumkin
Tartib-intizom qo'mitasi "Boka Xuniors" hujumchisi Osvaldoning KONMEBOL rahbariyatiga qarata aytgan so'zlarini o'rganib chiqyapti.
Janubiy Amerika futbol konfederaciyasi Argentina klubini tartibsizliklar uchun Libertadores Kubogidan chiqarib yubordi. "River Pleyt"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida muxlislar futbolchilarga qarata turli xil spreylar uloqtirishdi. Natijada "River Pleyt"ning bir necha futbolchisi shikastlandi.
Bundan so'ng Osvaldo o'z "tvitteri"da KONMEBOL rahbarlarini "stol atrofida o'tirgan mafiyaning semiz mushuklari" deb atadi. Bundan so'ng 29 yoshli futbolchi ushbu xabarni o'chirib tashladi, ammo qisqa vaqt ichida ushbu malumot Internetda tarqalib bo'lgan edi.
Malumotlarga ko'ra, bu voqea Osvaldoning terma jamoaga chaqirilishiga ham halaqit berishi mumkin.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar