KONMEBOL Messining diskvalifikaciyasini o'z kuchida qoldirdi
27 sen 2019 09:20
Yangiliklar
KONMEBOL Messining diskvalifikaciyasini o'z kuchida qoldirdi
KONMEBOL apellyacion sudi Barselona va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining diskvalifikaciyasini o'z kuchida qoldirdi.
2019 yilgi Amerika Kubogi vaqtida Messi KONMEBOLni korrupciyada ayblagandi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Argentina futbol Associaciyasi Messining uch oylik diskvalifikaciyasini ikki oyga kamaytirish borasida apellyaciya bergandi.
Messi Argentina terma jamoasida 3 avgustdan buyon maydonga tusha olmayapti.
Eslatib o'tamiz, Braziliyaga qarshi o'tgan yarim finaldan so'ng (0:2) Messi o'yin davomida biron marta VAR tizimidan foydalanmagan hakamni keskin tanqid qilgandi.
Fikrlar