KONMEBOL ham jahon chempionati islohotiga qarshi
10 sen 2021 23:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657200_original.jpg)
![](/upload/storage/657200_220.jpg)
KONMEBOL ham jahon chempionati islohotiga qarshi
FIFA prezidenti Janni Infantino har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o'tkazish tashabbusi bilan chiqqandi.
UEFAning top ligalari bu g'oyani keskin tanqid qilib, buni zich taqvimda futbolni o'ldirish deb atashdi. KONMEBOL ham shunday bayonot berdi: "Islohot sayyoradagi eng yaxshi futbol turnirini yo'q qilishi, uning sifatini pasaytirishi, o'ziga xos xarakteri va amaldagi standartlarini qadrsizlantirishi mumkin".
Janubiy Amerika federaciyalari hozirgi formatni saqlab qolish tarafdori. Avvalroq klublar associaciyasi, UEFA va top ligalar islohotga qarshi chiqishgan.
Eslatib o'tamiz, keyingi jahon chempionati bir yildan so'ng Qatarda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar