KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi. Mezbon Kosta-Rika kutilmaganda mag'lub bo'ldi
25 iyu 2019 23:15
Yangiliklar


KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi. Mezbon Kosta-Rika kutilmaganda mag'lub bo'ldi
KONKAKAF-2019 Oltin Kubogining so'nggi turi doirasida B guruhida Bermud orollari Nikaraguadan ustun (2:0) kelgan bo'lsa, Kosta-Rika kutilmaganda Gaitiga imkoniyatni boy (2:1) berdi.
SHu tariqa, mazkur kvartetdan keyingi bosqichga Gaiti peshqadam bo'lib, Kosta-Rika esa ikkinchi o'rin bilan yo'l oldi. Kecha «A» guruhidan Meksika hamda Kanada termalari chorak final yo'llanmasini ijobiy hal etgandi.
Toshkent vaqti bilan, 25 iyun erta tongda «C» guruhidan o'rin olgan Yamayka – Kyurasao (soat 05:00 bosh.) hamda Gonduras – Salvador (07:00) bahslari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, guruh bosqich o'yinlari 26 iyun o'z yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar