So’nggi yangiliklar

21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  0 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  28

Konferenciyalar ligasi. "Roma" birinchi turni yirik g'alaba bilan boshladi, SHomurodov 2 ta golga assistentlik qildi Yangiliklar

Konferenciyalar ligasi. "Roma" birinchi turni yirik g'alaba bilan boshladi, SHomurodov 2 ta golga assistentlik qildi

Konferenciyalar ligasi "C" guruhi 1-turidan o'rin olgan "Roma" – CSKA (Sofiya) uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

"Roma" (Italiya) – "CSKA" Sofiya (Bolgariya) 5:1 

«Stadio Olimpiko»

Gollar: Pellegrini 25', 62', El-SHaaravi 38', Manchini 82', Abraxam 84  – Keri 10'

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Ibanes, 46), Smolling, Manchini, Kalafori (Kumbulla, 77), Pellegrini (Abraxam, 75), Vilyar (Veretu, 57), Diavara (Kristante, 57), El-SHaaravi, SHomurodov, Karles Peres.

CSKA Sofiya – Buzatto, Turicov (Donchev, 74), Matey, Lam, Galabov, Maziku, Keri, Yomov (Bai, 67), Muxar, Vildsxut, Krastev (Axmedov, 88).

Ogohlantirishlar: Vildsxut (67), Lam (90).

CHetlatish: Vildsxut  (80).

Bahs yakunlandi! Ajoyib o'yin – qoyilmaqom g'alaba! SHomurodov TOP! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Lam sariq kartochka oldi. 

88. CSKAda o'zgarish: Krastev o'rniga Axmedov tushdi.

87. CSKA navbatdagi "korner"dan foydalana olmadi.

85. Zarba!  Karlo Muxarning kuchli zarbasini Patrisiu qaytardi. Keyin esa Ibanes to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  SHomurodovdan ikkinchi assist!  U Abraxamni oldinga boshladi. Angliyalik hujumchi esa darvozani ishg'ol etdi – 5:1! 

83. Zarbaaaaaa!  SHomurodovning zarbasi darvozasi sap ustunga tegdi! Eh, omad kelmasa ham qiyin. 

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Hisob yiriklashdi! Smollingning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Manchini ega chiqdi va bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritdi – 4:1!

81. Eldor SHomurodov katta tezlikda oldinga bordi va zarba berdi. Zarba yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

80. Vildsxut qarshi hujumga qochib ketayotgan Karles Peresni yiqitdi va ikkinchi sariqni olib, maydondan chetlatildi. 

79. Jamoalar 4 tadan burchak to'piga ega bo'lishdi. CSKAning hozirgi burchak zarbasi samara keltirmadi.  

77. "Roma"da almashtirish: Kalafori o'rniga Kumbulla tushdi. 

75. "Roma"da o'zgarish: Pellegrini o'rniga Abraxam maydonga tushdi.

74. CSKAda o'zgarish: Turicov o'rniga Donchev tushdi.

73. Temmi Abrraxam maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda. 

71. Vildsxut chap qanotda qulay poziciyaga chiqib bordi, unga pas berishdi, ammo to'p noaniq ko'rinish oldi, "Roma" foydasiga "aut".

69. Eldor SHomurodov to'pni qabul qilib olib, qaytarib uzatishda xato qildi.

67. CSKAda o'zgarish: Yomov o'rniga Bai o'yinga qo'shildi.  

67. Vildsxut qo'polligi uchun sariq kartochka oldi. 

65. Lam maydon markazida qoidani buzdi. U Kristantening futbolkasidan tortdi.

63. "Roma"ning 2-bo'limdagi ikkinchi qarshi hujumi 3-golni keltirdi.

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kalaforini jarima maydoni ichiga kirib borib, Pellegrinini qulay pas bilan taminladi, jamoa sardori esa o'z dublini rasmiylashtirdi – 3:1! 

61. Pellegrini markaz tomon havolatib pas uzatdi, biroq to'pga Buzzato ega chiqdi. 

59. El-SHaaravi to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bu hakamga yaqqol ko'rinib qoldi. 

57. "Roma"da 2 ta almashtirish: Diavara o'rniga Kristante, Vilyar o'rniga Veretu o'yinni davom ettiradi.

55. Zarba! Mehmonlar futbolchisining olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

53. CHap qanotda Maziku faol. Uning markaz tomon amalga oshirgan navbatdagi uzatmasiga sheriklari ega chiqa olishmadi.

51. Tomas Lam CSKAning hujumini zarba bilan tugatdi. To'p chap ustun oldidan o'tib ketdi.

50. Ivan Turicov "Roma"ning hujumini to'xtatdi, u qanotdan oldinga intilgan Kalaforidan to'pni ayirdi. 

48. El-SHaaravi markazdagi SHomurodovga pas berdi, u to'pni o'ziga bo'ysundirishda qiyinchilikka duch keldi. 

47. Mehmonlar pozicion hujum uyuushtirishmoqda.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. "Roma"da o'zgarish: Karsdorp o'rniga Ibanes tushirildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:1. Tanaffus! 

45+2. Temp bir oz tushdi. Jamoalar qaysidir manoda tanaffusni kutishyapti.

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

44. El-SHaaravining SHomurodov tomon pasi muvaffaqiyatsizroq chiqdi.

43. Mehmonlar himoyada "yotish"dan naf yo'qligini tushunishdi.

41. "Bo'rilar" maqsadlariga erishishmoqda. Bunda albatta, Eldor SHomurdovning salmoqli hissasi bor, ikkinchi golda uning faolligi katta ahamiyat kasb etdi.

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  SHomurodovning pasidan so'ng El-SHaaravi rimliklarning ikkinchi golini urdi – 2:1!  

36. Krastevga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko'rsatildi.

35. Zarbaaaa!  Karles Peresning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi. 

33. "Roma"da "korner". Smolling havodagi kurashni yutib chiqdi, ammo bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

31. Karlo Muxar o'z jarima maydoni yaqinida qoidani buzdi. Stefan El-SHaaravi jabrlandi.

27. CSKA himoyachilari himoya markazida Pellegrinini yolg'iz qoldirib, adashishdi. Mahoratli futbolchi ularni jazoladi.

25. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  "Roma" sardori Pellegrini aylanma zarbasi orqali muvozanatni tikladi – 1:1! 

25. Zarba!  Vildsxut kutilmaganda uzoqdan zarba berib, Patrisiuning xushyorligini sinab ko'rdi. 

23. Uuux! Pellegrining uzatmasiga Smolling ulgurmay qoldi. To'p "aut"ga yo'l oldi. 

22. Zarba!  Karles Peresning olisdan yo'llagan zarbasidan keyin to'p "rikoshet" orqali maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

20. "Bo'rilar" sekin-asta o'zlariga kela boshlashdi. Raqib himoyalanishga kirishdi.

18. Zarbaaaa!  Eldor SHomurodov himoyachini ortda qoldirib, deyarli birga-bir holatga chiqib bordi. Uning zarbasini Buzatto qaytardi.

16. CSKA kutilganidan-da kuchli o'yin namoyish qilmoqda. Juda tartibli va hujumkor. Qoyil! 

14. SHomurodov raqib jarima maydoni tomonda to'pni qabul qilib oldi, biroq orqaga pas berishga majbur bo'ldi.

13. Galabov to'pni Mateyga uzatdi. Mehmonlar shoshilishmayapti va mezbonlar pressingga o'tishini kutishmoqda.

12. Xavfli vaziyat! El-SHaaravi havodagi kurashda g'olib chiqib, bosh bilan zarba berdi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Keri kuchli zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi – 0:1! 

7. Manchini SHomurodov tomon uzatmani amalga oshirdi, hamyurtimiz katta tezlikda yugurgan bo'lsa-da, to'pga ulgurmadi.

6. Hozircha CSKA ancha faol o'yin ko'rsatmoqda. Ular himoyada yotishni emas, hujumda faollik namoyish qilishga urinishmoqda.

4. Zarba! Tomas Lam yaxshi pas qabul qilib oldi va darhol zarba yo'lladi, noaniq.

4. Rikardo Kalafori to'pni olib qo'yish chog'ida juda qo'pol o'ynadi.

1. O'yin boshlandi! 

"Olimpiko" bahsni qabul qilishga tayyor!

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

 - Assalomu alaykum, aziz futbol ixlosmandlari!  Bugun Eldor SHomurodov to'p tepadigan Rimning "Roma" klubi o'z maydonida Sofiyaning CSKA klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика