Konfederaciyalar kubogi-2017. "Oltin qo'lqop", "Oltin butsa" va "Oltin to'p" sohiblari FOTO
03 iyu 2017 01:31
Yangiliklar
Konfederaciyalar kubogi-2017. "Oltin qo'lqop", "Oltin butsa" va "Oltin to'p" sohiblari FOTO
Rossiyada o'tgan Konfederaciyalar kubogi musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.
Final o'yinidan so'ng musobaqa tashkilotchilari eng yaxshilarni elon qilishdi.
CHili terma jamoasi posboni Klaudio Bravo eng yaxshi darvozabonga atalgan "Oltin qo'lqop" bilan taqdirlandi.
Germaniya hujumchisi Timo Verner 3ta gol bilan musobaqa to'purariga atalgan "Oltin" butsani qo'lga kiritdi. Jamoadoshlari Lars SHtindl va Leon Gorecka hisobida ham 3tadan gol bor. Biroq Verner yana ikkita golli pas bergani uchun sovringa ega chiqdi.
2017 yilgi Konfederaciyalar kubogining eng yaxshi futbolchisi deb Germaniya terma jamoasi sardori Yulian Draksler tan olindi. Unga musobaqaning "Oltin to'p"i topshirildi.
O’xshash yangiliklar
22:55
Xose Venansio Lopes: "Agar bu rasmiy o'yin bo'lganida bunday tavakkalga qo'l urmagan bo'lardik" 2
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
Fikrlar