So’nggi yangiliklar

19:26"Бавария" ПСЖ футболчисини 90 млн. еврога сотиб олмоқчи, аммо бир йилдан сўнг  0 19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  0 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  1 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  9 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  4 17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  4 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  1 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  2 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  24

Koncert tamom, endi spektaklga navbat Yangiliklar

Koncert tamom, endi spektaklga navbat

OCHL saralashidagi g'alabalar ortda qoldi, oldinda esa drama kutib turibdi.
  • Superkubok tarixi
  • Turnirdagi o'zaro o'yinlar
  • SHahboz Beg'amov sharhlab borgan o'yin
  • "Nasaf" tomonidan ko'rsatilgan hurmat
  • CHeran: "Barchasiga Ro'ziqul Berdiev "aybdor".

Avgust oyida quvonchli kunlarimiz ko'proq bo'ldi. Ayniqsa, seshanba oqshomidagi kayfiyat oy boshida telefonga Click'dan keladigan quvonchli sms singari ko'rinish oldi. Uchrashuvlarni ofisda ko'rishni rejalashtirgandim, biroq bazi sabablarga ko'ra uyga qaytadigan bo'lib qoldim. Ertaroq start olgan "Navbahor" ishtirokidagi bellashuvning birinchi bo'limini arab telejurnalisti hamda avtobus ichi bo'ylab sado berayotgan "Bolalar" guruhining birgalikdagi sharhida tomosha qildim. Xayriyatki, ikkala o'yin ham kepkalarni osmonga irg'itadigan natija bilan yakunlandi. Faqatgina hamyurtlarimiz gol urganda, ovoz paylarimizni jilovlay olmagan paytimizda deraza raxida xayol surib o'tirgan mushukning "Baqirmay o'l! O'takamni yorvordilaring-ku! Senlarni dastingdan tinchgina orom olib bo'lmaydi" jumlasini uchta harfdan iborat "Myov" ovoziga jamlagancha, qochib qolgani hamda tinchliksevar qo'shni kampirning yuqoridagi so'zlarni yuz qiyofasida aks ettirganini inobatga olmaganda, qolgan barcha xursand edi. Hatto OKMK ishtirokidagi o'yinga tashrif buyurgan-u, vodiydagi mahalliy stadionda qo'llab-quvvatlab turgan namanganlik muxlislar ham yana bir marotaba qoyil qoldirdi. Mayli, endi bayramona ruhda yakunlangan to'qnashuvlardan ortga chekinib, O'zbekiston Superkubogi uchun atalgan sahifamizni ochamiz.

Avvalgi Superkubogi bahslari

O'zbekiston Superkubogi-1999.

"Navbahor" (Namangan) - "Paxtakor" (Toshkent) 4:2 

29 avgust 1999 yil. Farg'ona. "Neftchi" stadioni. 6000 tomoshabin. 

Bosh hakam: G'ayrat Karimov. 

Gollar: SHuhrat Rahmonqulov 20, Leonid Koshelev 55, 77, Saydullo Tursunov 75 - Andrey Akopyanc 88, 88. 

"Navbahor": Dmitriy Bashkevich (Oleg Belyakov, 64), Rashid G'ofurov (Jahongir Ro'ziqulov, 80), Saydullo Tursunov, Xayrullo Karimov, Konstantin Galchenko, Leonid Koshelev, Baxodir Seytkamolov, SHuhrat Rahmonqulov, Tohir Madrahimov, Anvar Soliev, Rustam Do'rmonov (SHerzod Nazarov, 75).

Bosh murabbiy: Viktor Jalilov. 

"Paxtakor": Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, Rustam SHoymardonov, Vladimir Galyanov (Andrey Strelcov, 86), Baxtiyor Qambaraliev, No'mon Nurmatov (Aleksandr Pisarev, 67), Nikolay SHirshov, Marat Ahmerov (Murod Aliev, 46), Azamat Abduraimov, Igor SHkvirin, Andrey Akopyanc. 

Bosh murabbiy: Ahmad Ubaydullaev. 

Ogohlantirishlar: Tohir Madrahimov 33, Xayrullo Karimov 44 - Baxtiyor Ashurmatov 29.


O'zbekiston Superkubogi-2014.

7 mart 2014 yil. "Jar" stadioni. 4751 tomoshabin. 

"Lokomotiv" (Toshkent)  "Bunyodkor" (Toshkent) 1:2

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston), Aziz Asimov (Toshkent).

Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent). 

Gollar: Oleksandr Pishur 27, - 0:1. Vohid SHodiev 67, - 0:2. Vyacheslav SHevchenko 80, - 1:2. 

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 3. Evgeniy Gogol, 4. Bobur Yo'ldoshev, 8. Akmal Xolmatov (77. Jasur Hasanov, 46), 10. Farhod Tojiev (23. Ivan Nagaev, 46), 16. Jasur Hasanov, 19. Islom Inomov (18. Fozil Musaev, 70), 22. Viktor Karpenko, 30. Dilshod Jabborov, 88. Lutfulla To'raev, 99. Vyacheslav SHevchenko

Bosh murabbiy: Vadim Abramov. 

"Bunyodkor": 25. Murodjon Zuhurov, 2. Akmal SHorahmedov, 4. Xayrulla Karimov, 6. Anvar G'ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 11. Oleksandr Pishur, 16. Karles Koto (21. Sardor Rashidov, 60), 24. Bahodir Pardaev (7.Alibobo Rahmatullaev, 75), 27. Sardor Sobirxo'jav, 33. Oleg Zoteev (14. Vohid SHodiev, 65), 40. Sergey Simonenko.

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov. 

Ogohlantirishlar: Evgeniy Gogol 15, Lutfulla To'raev 38, Islom Inomov 58, Ivan Nagaev 77 - Anvar G'ofurov 6, Javlon Ibrohimov 54, Vohid SHodiev 88, Xayrulla Karimov 90+4. 

O'zbekiston Superkubogi-2015

"Paxtakor" (Toshkent) "Lokomotiv" (Toshkent) 0:4

8 mart 2015 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 7216 tomoshabin. 

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Vadim Agishev (Toshkent)

Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

Gollar: Lutfulla To'raev (37), Temurxo'ja Abduholiqov (49), Koryan (56 penalti), Marat Bikmaev (89)

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Egor Krimec, Adnan Oraxovac, Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Navro'z Alimov (Akbar Ismatullaev, 46), Aleksandr Merzlyakov, Davronbek Hoshimov, Stanislav Andreev (Jaloliddin Masharipov, 58), Vladimir Kozak (SHerzod Karimov, 56).

Zaxira: Nikita Ribkin, Murod Xolmuhammedov, Javohir Sohibov, Bahodir Pardaev.

Bosh murabbiy: Samvel Babayan. 

"Lokomotiv": Mamur Ikromov, Nemanya Yanichich, Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Temur Kapadze (Jasur Hasanov katta, 56), Jasur Hasanov (kichik) (SHavkat Mullajonov, 59), Oleg Zoteev, Lutfulla To'raev, Sardor Mirzaev, Ruslan Koryan (Marat Bikmaev, 78), Temurxo'ja Abduxoliqov.

Zaxira: Sardor Qobuljonov, Sanjar SHoahmedov, Alisher SHog'ulomov, Damir Koyashevich.

Bosh murabbiy: Vadim Abramov. 

Ogohlantirishlar: Aleksandr Merzlyakov (34) - Islom To'xtaxo'jaev (63). 

O'zbekiston Superkubogi-2016.

"Nasaf" - "Paxtakor" 1:0

17 fevral 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 4748 tomoshabin. 

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (ikkisi Toshkent), SHerzod Qosimov (Toshkent).

Nazoratchi: Bulat Galeev (Urganch).

Gol: Artur Gevorkyan (39)

"Nasaf": Sanjar Quvvatov,  Maqsud Karimov, SHerzod Azamov (Aziz G'aniev, 76), SHuhrat Muhammadiev, Saydullo Rahmatov, Erkin Boydullaev, Dilshod Rahmatullaev, Artur Gevorkyan, Bahrom Abdurahimov, Bobir Abduxoliqov (Azamat Allaniyozov, 84), Ilhom SHomurodov.

Zaxira: Eldor Suyunov, Ildar Mamatkazin, Dilshod Xushbakov, Deyan Bolevich, Doniyor Narzullaev. 

Bosh murabbiy: Ro'ziqul Berdiev.

"Paxtakor":  Nikita Ribkin, Davron Hoshimov, Jamshid Boltaboev, Kamoliddin Tojiev, Akbar Ismatullaev (Javohir Sohibov, 46), Azim Ahmedov, Jamshid Iskanderov (Vladimir Kozak, 80), Jaloliddin Masharipov (Suhrob Berdiev, 57), Stanislav Andreev, Igor Sergeev, SHerzod Karimov.

Zaxira: Timur Jo'raev, Adnan Oraxovac, Javohir Sidiqov, Oybek Qilichev. 

Bosh murabbiy: No'mon Hasanov. 

Ogohlantirishlar: Bahrom Abdurahimov (2), Saydullo Rahmatov (55), Erkin Boydullaev (79) - Javohir Sohibov (74). 

O'zbekiston Superkubogi-2019.

"Lokomotiv" (Toshkent) - AGMK (Olmaliq) 2:1

23 fevral 2019. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18171 tomoshabin. 

Hakamlar: SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Andrey Capenko, Jasur Muxtorov.

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov.

PFL komissari: Erkin Baxtiyorov.

Gollar: Temurxo'ja Abduholiqov (12), Yovan Jokich (74) - Zafar Polvonov (77)

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (7.Aziz Haydarov, 74), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (9.Filip Rayevac, 86), 17.Husniddin G'ofurov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev (88.Igor Yelich, 68), 77.Diyor Turopov

Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 19.Avazbek O'lmasaliev, 70.Alisher SHog'ulomov, 71.Arslanmirat Amonov.

Bosh murabbiy: Andrey Fyodorov. 

AGMK: 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov (15.Jasur Hakimov, 62), 5.Dilshod Jo'raev, 8.Sanat SHixov (36.SHahboz Umarov, 79), 9.Zafar Polvonov, 19.Jasur Hasanov, 22.Mirolyub Kostich (6.Marko Zochevich, 39), 23.Akmal SHorahmedov, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yuldoshev.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 11.Zohir Pirimov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.G'ulom Haydar G'ulomov

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov. 

Ogohlantirish: Saydullo Rahmatov 52

O'zbekiston Superkubogi-2021.

"Paxtakor" - "Nasaf" - 1:0

Samarqand. "Dinamo" stadioni
Bosh hakam:
Vadim Agishev
Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov, Timur Gaynulin
Zaxira hakami: Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Dragan CHeran 50, - 1:0 (Farruh Sayfiev).

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg'unboev (18.Hojimat Erkinov, 90+4), 9.Eren Derdiyok (19.SHarof Muhitdinov, 79), 10.Dragan CHeran, 15.Egor Krimec, 21.Abrorbek Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (17.SHerzod Temirov, 87), 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 44.Azizxon Isaqov, 6.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 14.Humoyunmirzo Iminov, 23.SHerzod Azamov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev (15.Jo'rabek Mannonov, 60), 6.Murodbek Xo'jamberdiev (50.SHoxmalik Komilov, 78), 19.Husayin Norchaev, 20.Suhrob Nurulloev (14.SHokir Yo'ldoshev, 46), 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 25.Muhriddin Zoirov, 70.Abubakrizo Turdaliev.

Ogohlantirishlar: Suhrob Nurulloev 12, Oybek Bozorov 16, Husniddin Aliqulov 71.

O'zbekiston Superkubogi-2022.

"Paxtakor" – "Nasaf" 1:0

Farg'ona. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 7200 tomoshabin

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Baxtiyor Namazov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistent: Rustam Lutfullin
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Dragan CHeran 61 - 1:0

"Paxtakor": Eldor Suyunov (Sanjar Quvvatov, 45), Hojiakbar Alijonov, Aleksey Larin, Kamen Xadjiev, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Ikrom Aliboev, Sardor Rashidov (Xojimat Erkinov, 81) Sardor Sobirxo'jaev (Oliver SHarkich, 81), Aziz Turg'unboev ( Jasur Yoqubov, 90+3), Dragan CHeran.

Zaxira:   Ruslan Roziev, Diyor Xolmatov, Abbos Ergashboev, Abbos Fayzullaev, Mirjahon Mirahmadov.

"Nasaf": Umid Ergashev, Dilshod Saitov, G'olib G'aybullaev, Umar Eshmurodov, SHerzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoevich (Bahrom Abdurahimov, 80), Ivan Solovyov (Aziz Xolmurodov, 80) SHarof Muhidinov, Suhrob Nurulloev (Husniddin Aliqulov, 87), Husayn Norchaev.

Zaxira: Soyibov, Nematov, Davronov, Rahmatov, Akramov, Sadullaev, 

Ogohlantirish: Farruh Sayfiev ("Paxtakor") 12, Marko Stanoevich ("Nasaf") 19, Aziz Turg'unboev ("Paxtakor") 49, Ikrom Aliboev ("Paxtakor") 53, Sanjar Quvvatov ("Paxtakor") 76, Dragan CHeran ("Paxtakor") 84, Odil Hamrobekov ("Paxtakor") 86, Aziz Xolmurodov ("Nasaf") 90+3

Bo'lajak to'qnashuv

Bitta uchrashuv orqali kubok sohibi bo'lish imkoniyatini taqdim etadigan bellashuvda ketma-ket ikki yildan buyon, umumhisobda o'zaro to'rtinchi marotaba davra markaziga chiqib kelayotgan "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari kurash olib boradi. Yaqin ikki yillikda deyarli bir xil spektakl takrorlandi: CHeran gol urdi va "Paxtakor" shohsupaga chiqdi. Jamoalarning mazkur musobaqadagi ilk qarama-qarshiligida esa qarshiliklar safidagi Artur Gevorkyan mazkur vazifani bajarib bergandi. 

Serbiyalik "arslon" ertaga turnirning yaqqol to'purariga aylanishi mumkin. U Leonid Koshelev, Andrey Akopyanc hamda Temirxo'ja Abduxoliqov bilan birgalikda 2 ta gol urgan holda to'purarlar reytingida etakchilik qilmoqda. SHuningdek, "Paxtakor" ham titullar soni bo'yicha o'zi bilan teng ko'rsatkichga ega "Lokomotiv"dan (ikkalasida ham 2 tadan g'oliblik) o'zib ketib, turnirdagi eng sovrindor jamoaga aylanishi mumkin. "Nasaf" esa yagona g'alabasini yuqorida takidlaganimizdek, "Paxtakor"ga qarshi bahsda qayd etgan. Darvoqe, o'sha o'yinni SHahboz Beg'amov matnli translyaciya ko'rinishida sharhlab borgan.

Superkubokdagi o'zaro to'qnashuvlar faqatgina tablodagi hisob bilan yodda qolmagan. Miyadagi fleshkani titkilab ko'rsa, esda qolarli u-bu narsa chiqib qoladi. Masalan, 2021 yilgi to'qnashuv arafasida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev faxriylar musobaqasida jarohat orttirib olgan va oyog'ini operaciya qildirgan. SHunga qaramasdan, u jamoasi bilan birga bo'lish uchun Samarqandga tashrif buyurgan. Yomg'rili ob-havoda o'tgan o'sha bellashuvda jamoalar maydonga saf tortishgani ham diqqatimizni tortgan. "Paxtakor" safida deyarli maydonga tushmasdan "soqqani" qurtday sanab ketgan Erin Dardiyo'q (ruschada Eren Derdiyok deyiladi, lekin menga dardi yo'q maqulroq, dardi bo'lmasin ham) klub logotiga bemalol oyoq qo'yib turgan bir pallada "Nasaf" futbolchilari hurmatga sazovor ish amalga oshirishdi

O'yindan keyingi matbuot anjumanida g'alaba goli muallifi Dragan CHeran barchasiga Ro'ziqul Berdiev "aybdor" ekanligini aytgandi. "Nasaf"dan esa SHuhrat Toshpo'latov matbuot anjumanida ishtirok etgan.

2022 yilgi Superkubok avvalidagi matbuot anjumanida esa Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ga CHeranni qaytarish borasida ishlar amalga oshirilgani, ammo klubning moliyaviy holati bunga yo'l qo'ymasligini takidlab o'tgandi. "Paxatkor"ning o'sha vaqtdagi ustozi Slavche Voyneski esa Angliyadan kelgan Oliver SHarkichni qaysi poziciyada o'ynay olishini hatto xotini ham bilmasligini aytgandi. O'sha bahsda poytaxtliklar posboni Eldor Suyunov jarohat olgandi, "sherlar" esa o'yin davomida ko'p marotaba hakam tomonidan libosida rangidagi kartalar bilan siylangan.

Superligadagi holat

"Paxtakor" chempionatda o'zi uchun qadrdon bo'lgan o'rinni boshqalarga ravo ko'rishni istamayapti. Biroq jamoa o'yinlarida barqarorlik etishmayapti. "SHerlar" qo'lga kiritlgan 12 g'alabaning 8 tasida atigi bitta to'p farqi bilan zafar quchgan. Qolaversa, klub kubok sari eltuvchi poezddan bevaqt tushib qoldi. "Nasaf"ning ishlarini ham to'rtta barmoqni bukib, bosh barmoqni yuqoriga ko'taradigan darajada deb bo'lmaydi. Lotin Amerikasi hujumchilari tarkibda jam bo'lganiga qaramay, klubni hujumchimi yoki himoyachimi deya hamisha adashtiradigan o'yinchim — Husniddin Aliqulov tark etgach, "ajdarlar"ning og'zidan olov o'rniga yo'tal chiqmoqda. Qarshiliklar chempionat miqyosida so'nggi 5 o'yinda atigi bir marotaba raqiblarni o'yinni maydon markazidan boshlashga majbur qila oldi. SHunga qaramay, bo'lajak bellashuv uchun jamoalar alohida tayyorgarlik ko'rib, shpargalkalarini stolga keng yoyishgani aniq. Osmondagi yomg'irdan umidini uzgan tomoshabinlar gollar yomg'irini kutishi aniq, biroq, taxminimcha, ertangi uchrashuvda ham jamoalar ehtiyotkorlikka urg'u berishadi, shu bois tuhfalar soni ko'p bo'lmaydi. Tezkor gol sodir bo'lib, o'yin scenariysi o'zgarib ketmasa, agarda. Albatta, mazkur bahs qaysidir murabbiyning kursisini tebranishiga olib kelish mumkin, bu ham uchrashuvga bo'lgan diqqatni oshishiga sabab bo'ladi. Drama shaydolarini Jizzaxdagi o'yingohda bo'lib o'tadigan bir parda, ikki yoki to'rt ko'rinishdan iborat spektaklga chorlab qolamiz. Undan keyingi ko'rinishlar esa somsa markazida davom etishi, shubhasiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика