So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Koncert marosimlaridan keyin AGMK stadioni maysasi bir qadar toliqqan Yangiliklar

Koncert marosimlaridan keyin AGMK stadioni maysasi bir qadar toliqqan

AGMK klubiga qarashli stadion maysasi yaxshi holatda.

Aprel-may oylarida maydon juda zo'r holatda bo'lgan va unga Superliga futbolchilari ham yuqori baho bergan.

Ayrim koncert marosimlaridan keyin stadion maysasi bir qadar toliqqan. Ammo uning ravonligida o'zgarish yo'q, to'p bemalol yumalashi, futbolchilar jarohat olmasliklari uchun choralar ko'rilgan. Futbol o'ynash uchun ajoyib muhit hukmron.

Stadion o'rindiqlari yaxshi holatda. CIP sektorlar uchun yumshoq o'rindiqlar buyurtma berilgan bo'lib, ular mavsum yakuniga qadar Olmaliq shahriga etib kelishi va o'rnatilishi rejalashtirilgan. PFL talabidan keyin media-tribuna masalasida ham ijobiy o'zgarishlar bor.

AGMK klubi rahbariyati maydon atrofidagi reklama bannerlari uzoq masofada turgani bo'yicha ogohlantirish oldi. Buni klub vakillari koncert bilan izohlamoqchi bo'ldi. Biroq bir oyda bo'lib o'tadigan taxminan 3 ta futbol uchrashuvi PFL talabi asosida tashkil etilishi shart. Tashkilotning ham o'z homiylari bilan shartnomalari bor bo'lib, ular so'zsiz ado etilishi kerak. Bu boradagi qoidalardan klub vakillari xabardor (shuning uchun ham tijorat masalalari bo'yicha masul masalasi dolzarb).

SHuningdek, teletranslyaciya masalasida TV hodimlari uchun noqulayliklar mavjud. Offsayd uchun ishlaydigan kameralarga machta kerak bo'ladi. Ular quyosh va yomg'irdan himoyalanishi uchun soyabonlar ham. Markaz uchun ishlaydigan kameralarga esa oynavand arka halal beradi. Bir necha oylardan buyon bu masala klub tomonidan ijobiy hal qilib berilmagan. Yangi mavsumda klub bu kabi topshiriqlarni bajarishi shart qilib belgilandi. PFL komissiyasi klub stadionini tekshiruvdan o'tkazayotganda bularning hammasi qabul qilib olinadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика