Kompani: "Dunyodagi eng baxtli futbolchiman"
29 jan 2017 15:49
Yangiliklar
Kompani: "Dunyodagi eng baxtli futbolchiman"
"Manchester Siti" sardori Vensan Kompani "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Kubogi 1/16 bosqich uchrashuvidan (3:0) so'ng, hissiyotlari bilan bo'lishdi.
Belgiyalik o'tgan yilning noyabridan so'ng ilk marotaba maydonga tushdi.
"Dunyodagi eng baxtli futbolchiman deya olaman. Maydonga qaytish, men uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan klub safida 90 daqiqa o'ynash uchun ter to'kdim. Uzoq vaqt o'ynamadim, shu sababli 100% tayyorman deyish ahmoqlik bo'ladi, ammo kerakli tajribaga ega bo'ldim. Bahs oson o'tgani yo'q, ammo nima qilish kerakligini tushundim" - deydi Kompani.
Fikrlar