So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  20 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

Komiljon Mirzaboev: “Yangi mavsumdagi rejalarmiz ulkan” Yangiliklar

Komiljon Mirzaboev: “Yangi mavsumdagi rejalarmiz ulkan”

Yakuniga etgan mavsumni “Neftchi” jamoasi to'qqizinchi o'rinda yakunladi. Bu natija albatta jamoa muxlislarga yoqmagani bor gap.
 Xo'sh, yangi mavsumda klubda qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin? Jamoa keyingi mavsumda qanday natijani ko'zlamoqda? SHu kabi savollarga javob topish maqsadida “Neftchi” PFK raisi, Farg'ona futbolining jonkuyar rahbari Komiljon Mirzaboev bilan suhbatda bo'ldik.

- Komiljon aka, avvalo, “Neftchi” o'rinbosarlari bronza medalini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. Siz bu natijani kutganmidingiz?

- Tabrik uchun rahmat. Albatta, men jamoada ish boshlaganimdan keyin “Neftchi”ning imkoniyatlarini chamalab ko'rdim. Rostini aytsam, o'rinbosarlarimiz o'z oldilariga qo'ygan vazifani bajarishdi. Bu borada jamoa murabbiyi Sergey Kovshov va futbolchilarining sayi-harakatlarini alohida etirof etish lozim. Ular har bir o'yinda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishdi.

- Asosiy tarkib vakillari esa mavsumni u qadar muvaffaqiyatli o'tkaza olishmadi. Buning boisi nimada? Umuman olganda, mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Bilasizmi, men klubga kelganimda jamoa jar yoqasida qolgandi. Asta-sekinlik bilan barcha muammolar bartaraf etila boshlandi. Joriy mavsumda asosan jamoani shakllantirish yo'lida ish olib bordik. Alabatta, mavsumda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qildik. Ammo kutilmagan mag'lubiyatlar rejalarimizni bardob qildi.

Taassurotlar haqida to'xtaladigan bo'lsam, mavsum biz uchun ikki xil o'tdi. Avvaliga ketma-ket g'alabalar keyin esa mag'lubiyatlar seriyasi.

- So'nggi turdagi mag'lubiyatlar sababi nimada?

- Yuqorida takidlab o'tganimdek, ayrim o'yinlarda omadimiz kelmadi. Futbolda omadning o'rni beqiyos. Masalan, raqiblarimiz darvozasi oldida ko'plab golga tortadigan vaziyatlarni yaratdik, lekin to'p darvozaga kirishni istamadi. Aksiga olib, raqiblarimiz oddiy holatlarda to'p kiritishdi. Bundan tashqari, mavsum yakuniga kelib ketma-ket sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar bilan o'ynashimizga to'g'ri keldi.

- Amet Memet taqdiri qanday kechadi? Yangi mavsumda yangi bosh murabbiy olib kelinadimi?

- Yangi murabbiy borasida gap bo'lishi mumkin emas. Amet Abdullaevich jamoani qiyin ahvolda qabul qilib olgandi va unga o'zi istagan jamoani shakllantirish uchun vaqt etishmagandi. SHunday bo'lsa-da, ushbu mutaxassis yaxshi natija qayd etishga harakat qildi. Yangi mavsumda ham Amet Memet bilan hamkorlikni davom ettirmoqchimiz.

- Ko'plab futbolchilarning shartnomasi yakuniga etmoqda. Ular bilan bitim o'zaytiriladimi? Ehtimol, yangi mavsumda yangi futbolchilar tarkibga kelib qo'shilar?

- SHuni aytish joizki, shartnomasi yakuniga etayotgan futbolchilarning ayrimlarini jamoada olib qolmoqchimiz.  30 yoshdan oshgan o'yinchilar bilan xayrlashishga to'g'ri keladi. Lekin jamoaning uzagi saqlanib qolinadi. Qolaversa, yaxshi natijaga erishish uchun tarkibimizni tajribali futbolchilar bilan to'ldiramiz. Ayni damda keng ko'lamli selekciya ishlari olib borilmoqda. Ko'z ostimizga olib qo'ygan ko'plab o'yinchilar bor. Ammo hozir ularning nomini oshkor etmoqchi emasman.

- Har yili jamoa xorijda yig'in o'tkazish odatga aylangan. Bu yil ham shunday yig'inlar o'tkaziladimi?

- Albatta, fevral oyida Turkiyada yig'in o'tkazish rejalashtirilgan.

- Yangi mavsumdagi rejalar qanday?

- Yangi mavsumdagi rejalarimiz ulkan. Bilasiz, farg'onalik futbol muxlislari har doim “Neftchi”dan yaxshi natija kutishadi. Maqsadimiz jamoaning oldingi salohiyatini tiklash. Bu borada har qanday qiyinchliklarni engib o'tishga tayyormiz. Bir so'z bilan aytganda, doimo izlanishdamiz.

- O'rinbosarlar tarkibida ham o'zgarishlar bo'ladimi?

- Ha, bu yil o'rinbosarlar safida to'p surgan uch nafar futbolchi – Otabek Zokirov, Umid Qodirov va Doston Tursunzodalar asosiy tarkibga qo'shilishadi.  O'rinbosarlar tarkibida esa asosan 1994-1996 yilda tug'ilgan o'smirlar harakat qilishlari ehtimoldan holi emas.

Abror Dehqonov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика