So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Kombinacion hujumni xushlamaydigan Turkmaniston Yangiliklar

Kombinacion hujumni xushlamaydigan Turkmaniston

Bugun, 13 yanvar kuni Turkmaniston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi bilan bellashadi.

Ushbu bahsdan oldin qo'shnilarimizning Yaponiyaga qarshi kechgan 1-tur o'yinida (2:3) urgan va o'tkazib yuborgan gollarini tahlil qilishga urinib ko'rdik.
Bahsda to'p bilan muomala qilish bo'yicha ustunlik kutilganidek Yaponiya tomonida bo'ldi. Yaponlar bilan uchrashuvda kombinacion hujumdan gol ura olmasligini bilgan Turkmaniston terma jamoasi etiborni qarshi hujum va uzun paslarga qaratdi. O'yindagi birinchi gol qo'shnilarimiz tomonidan urildi. Arslanmurat Amanovning individual mahorati evaziga turkmanistonliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Amanov o'ynayotgan (chap) qanotdan boshlangan hujumlarning biri muvaffaqiyatli yakunlandi. Arslanmurat o'z qanotida to'pni qabul qilib, markazroqqa o'tdi va to'pga bor kuchi bilan zarba berdi.

Yaponiyaliklar posboni Syuiti Gonda himoyachi sabab to'pning qaysi tomonga uchayotganini aniqlashga kechikdi va o'z darvozasini goldan saqlab qola olmadi. 1:0.
Birinchi taym qo'shnilarimizning g'alabasi bilan yakunlandi. Murabbiydan kerakli ko'rsatmalarni olgan Yaponiya terma jamoasi futbolchilari ikkinchi bo'limning boshidanoq xavfli hujumlar uyushtira boshlashdi. SHunday hujumlarning biri golga aylandi. 56-daqiqada Turkmaniston futbolchilari o'z jarima maydonchasi ichida Yuya Osakoni yolg'iz qoldirishdi. Aynan shu xato turkmanistonliklarga qimmatga tushdi.

"Verder" hujumchisi bir harakat bilan ortida kelayotgan futbolchini "xot-dogga yubordi" va darvozani ishg'ol qildi. Bu gol uchrashuvda katta burilishga sabab bo'ldi.
Yaponiyaning ikkinchi goli avvalgisidan 4 daqiqa o'tib urildi. Bir necha daqiqa oldin hisob tenglashganidan shoshib qolgan turkmanistonliklar himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. Mekan Saparov ortida raqib futbolchisi kelayotganini ko'rib, to'p maydondan chiqib ketishini taminlamoqchi bo'ldi, ammo uning hisob-kitoblari juda noto'g'ri edi. 

Buning ustiga jamoadoshi xatosini to'g'irlashga uringan posbon Mammet Orazmuhammmedov darvozasini bo'sh qoldirdi. Nagatomo esa bu imkoniyatdan foydalanib, to'pni bo'sh turgan hujumchiga uzatdi va yaponiyaliklar yana gol urishdi. Uchinchi golga alohida to'xtalish shart emas deb o'ylayman, chunki rikoshet masalani hal qildi. 3:1.
Zaxiradan maydonga tushgan Altimurad Annadurdiev say-harakatlari Turkmaniston terma jamoasi penalti ishlab oldi. Ahmet Ataev 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi. Uchrashuv shu hisobda yakuniga etdi.

Turkmaniston terma jamoasining ijobiy jihatlari
Jamoaning ko'plab hujumlari so'nggi mavsum "Buxoro" sharafini himoya qilgan Arslanmurat Amanov qanotidan amalga oshiriladi, chunki Amanov kerakli paytda to'g'ri qaror chiqara oladigan futbolchilardan biri
Turkmanistonliklar kombinacion hujumni emas, tezlikka etibor berilgan qarshi hujumlar tashkil etishni, uzun paslar bilan o'ynashni xush ko'radi
Bugungi raqibimiz ko'proq omadini jarima maydonchasi tashqarisidan sinaydi. Ular Yaponiyaga qarshi bahsda bir necha marta uzoqdan darvozani ishg'ol qilishga urinishdi va buning uddasidan chiqishdi
Turkmaniston terma jamoasi futbolchilari elkama-elka kurashlarda har Osiyoning har qanday jamoasi bilan teng kurasha oladi.

Turkmaniston terma jamoasining salbiy jihatlari
Qo'shnilarimiz to'pni o'zida ko'p ushlab tura olmaydi, uzog'i bilan 3 yoki 4ta pasdan so'ng to'pni raqibga oldirib qo'yishadi.
Bugungi raqibimiz himoyachilari ikkinchi qavatda yaxshi o'ynay olmaydi. Yaponiyaliklarning bo'yi uzun bo'lmasada, bir necha marta Turkmaniston darvozasiga bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo'lishdi.


Xulosa
Natija hisobga olinmaganda Turkmaniston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ilk o'yinini bizdan yaxshiroq o'tkazdi. Qo'shnilarimizning kamchiliklarini topishga biroz qiynaldim. Turkmanistonliklar raqibning individual mahorat bobida ustunligi tufayli taslim bo'lishdi. Bugungi o'yinda hamyurtlarimiz gol urish uchun ko'p ter to'kishiga to'g'ri keladi.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика