Komanning “Bavariya”ga necha o'yinda yordam bera olmasligi malum bo'ldi
13 dek 2019 09:11
Yangiliklar


Komanning “Bavariya”ga necha o'yinda yordam bera olmasligi malum bo'ldi
Kingsli Myunxen klubi safida “Tottenxem”ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Klub shifokori Gans-Vilgelm Myuller-Volfart xabariga ko'ra, Koman yaqin uchta o'yinda “Bavariya”ga yordam bera olmaydi. Kingsli chap tizzasidan unchalik jiddiy bo'lmagan jarohat olgan. Malum bo'lishicha, futbolchi chap tizzasi, oyoqosti paylarini jarohatlab olgan.
“Avvaliga qo'rqib ketdik. Ammo Kingslining omadi bor ekan. Tekshiruvlar uning atigi 3 ta o'yinni o'tkazib yuborishini ko'rsatdi. Keyin u safga qaytadi”, — degan shifokor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar