Komanga Angliyaning top-klublari qiziqish bildirmoqda, ammo francuz "Bavariya"da qolmoqchi

Alisher
11 may 2021, 10:38
Yarim himoyachi Kingsli Koman "Bavariya"da qolishni xohlamoqda.

Myunxen klubi fransiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi. Komanga ingliz top-klublari qiziqish bildirmoqda, ammo yarim himoyachining o'zi "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishni xohlaydi.

24 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 13ta assist qayd etdi.

Komanning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyunga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi transfermarkt tomonidan 65 million evroga baholanmoqda. Koman 2015 yildan beri "Bavariya"da o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato