Koman PSJdan ketgani haqida: “Nazarimda, ular sabr qilolmaydi”
23 mar 2022 07:50
Yangiliklar
Koman PSJdan ketgani haqida: “Nazarimda, ular sabr qilolmaydi”
“Bavariya” yarim himoyachisi Kingsli Koman 2014 yil PSJdan ketgani sababini tushuntirdi.
“Gap pulda emasdi. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlardim, ammo PSJda bunday imkoniyat yo'q edi. Meni ijaraga berishlarini so'radim, lekin praijliklar rahbariyatidan rad javobini oldim va shundan keyin ketishga qaror qildim. PSJdagi holatning chigalligi shundaki, ular tezda natijaga erishishni xohlashadi. Yosh futbolchilarni etishtirib, qisqa fursatda nimadir qila olmaysiz. 3-4 yil kutish kerak. Balki, ularga sabr-toqat etishmaytogandir”, deydi Koman.
Eslatib o'tamiz, futbolchi PSJdan “Yuventus”ga o'tgan va bir yildan so'ng ijara asosida “Bavariya” safiga qo'shilgandi. 2017 yilda esa u myunxenliklarning to'laqonli azosiga aylangan.
Fikrlar