Koman "Bavariya"dan maoshining oshirilishini talab qilmoqda

Alisher
21 iyul 2021, 17:16
Hujumkor yarim himoyachi Kingsli Koman Myunxenning "Bavariya" klubiga ultimatum qo'ydi.

Fransiyalik futbolchi maosh oshirilishini talab qilmoqda. O'yinchi ayni damda soliqlarni hisobga olmasa, nemis grandidan 12 million evro maosh oladi. Koman aynan shuncha pul xohlamoqda, ammo soliqlardan so'ng.

Agar klub Kingslining shartini qabul qilmasa, o'yinchi jamoadan ketishi mumkin. Futbolchining shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild