Kolumbiyalik muxlislar bilan janjallashgan Darvin Nunes og'ir jazoga tortildi
28 avg 23:59
Yangiliklar
Kolumbiyalik muxlislar bilan janjallashgan Darvin Nunes og'ir jazoga tortildi
ESPN nashri malumotlariga ko'ra hujumchi Darvin Nunes KONMEBOL tomonidan terma jamoadagi beshta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Bu o'yinlarning asosiy qismi Jahon chempionati saralash o'yinlari hisoblanadi. "Liverpul" hujumchisi Kopa Amerika yarim finalida Kolumbiya termasi muxlislari bilan janjallashgani uchun shunday jazoga loyiq ko'rildi.
Nunesdan tashqari Urugvay terma jamoasining yana to'rt nafar o'yinchisi ham bir nechta o'yinlardan chetlatilgan. SHu tariqa, Darvin JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Paragvay, Venasuela, Peru va Ekvadorga qarshi muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi. "Liverpul" hujumchisi diskvalifikaciyadan tashqari 20 ming dollar miqdorida jarimaga ham tortildi. Bu taqiq faqat terma jamoa o'yinlariga amal qiladi, shu sababli u "Liverpul" o'yinlarida qatnashishi mumkin.
Darvin Nunesdan tashqari bir necha futbolchilar ham terma o'yinlaridan chetlatilishgan. Xabar qilinishicha, "Tottenxem" futbolchisi Rodrigo Bentankur to'rtta o'yinga chetlatilgan (16 ming dollar jarima). Xose Mariya Ximenes, Matias Olivera va Ronald Arauxolar uchta o'yinga chetlatilishgan (ularning har biri 12 ming dollardan jarima to'lashadi). Janjalda qatnashgan boshqa futbolchilar jarima bilan jazolanishgan
Fikrlar