Kolo Ture: “CHempionlik poygasida “Arsenal”ni favorit deb hisoblamayman”
04 noy 2013 15:39
Yangiliklar


Kolo Ture: “CHempionlik poygasida “Arsenal”ni favorit deb hisoblamayman”
“Liverpul” klubi himoyachisi Kolo Ture, mamlakat CHempionligi sari bo'ladigan poygada “Arsenal”ning imkoniyatlariga baho berib o'tdi.
“CHempionlik poygasida “Arsenal”ni favorit deb hisoblamayman. Oldinda juda ko'p o'yinlar kutib turibdi, shu sababli hech bir klub chempionlikdan umidini uzgani yo'q.
“Kanonerlar”da ham qiyin vaziyatlar bo'ladi. Hali hech narsa hal bo'lmagan.
“Arsenal”da ham “Liverpul”da ham chempion bo'lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud”, - deydi Ture.

Fikrlar