Kolo-Muani "Ayntraxt" bilan mashg'ulot o'tkazishni istamadi. U Parijda PSJning transferini kutmoqda
30 avg 2023 19:40
Yangiliklar


Kolo-Muani "Ayntraxt" bilan mashg'ulot o'tkazishni istamadi. U Parijda PSJning transferini kutmoqda
Futbolchi klubga ketish istagini malum qilgan.
Randal Kolo-Muani "Ayntraxt" mashg'ulotlarida qatnashishni istamadi. Hujumchi klub rahbariyatiga jamoadan ketmoqchi ekanini malum qilgan.
"Biz Randalning haqiqiy yuzini ko'rdik. Hozir unda bosim yuqori, gap shundadir balki. Biz u va uning atrofidagi insonlarga bunday ish tutish noto'g'ri ekanligini malum qildik. Uning xatti-harakatlari transfer siyosatimizga hech qanday tasir o'tkazmaydi. Bor etiborimiz keyingi uchrashuvga qaratilgan", -deydi "Ayntraxt" klubi sport direktori Markus Kreshe.
Malum qilinishicha, Randal Kolo-Muani ayni damda Parij shahrida bo'lib, PSJ klubining transferni yakuniga etkazishini kutmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar