Koke "Atletiko"da eng ko'p o'yin o'tkazganlar orasida 2-o'ringa chiqib oldi
13 fev 2021 23:55
Yangiliklar


Koke "Atletiko"da eng ko'p o'yin o'tkazganlar orasida 2-o'ringa chiqib oldi
Yarim himoyachi Koke bugun "Granada"ga qarshi o'yinda (2:1) maydonga tushib, Madridning "Atletiko"si safidagi 483-uchrashuvini o'tkazdi.
29 yoshli ispaniyalik "matraschilar" safidagi o'yinlar soni bo'yicha Tomas Renones bilan tenglashib olib, ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
Malumot uchun, "Atletiko"ning ushbu ko'rsatkich bo'yicha rekordchisi Adelardo Rodriges (553) sanaladi.
Koke – "Atletiko" tarbiyalanuvchisi. U asosiy tarkibda 2009 yili debyut qilgan bo'lib, shu paytgacha 46 ta gol urgan va 104 ta golda assistent vazifasini o'tagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar