So’nggi yangiliklar

19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  19 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   1 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  4 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   9 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  24 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  3 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  32 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   45

"Ko'k somsa" yoxud maysa haqida Yangiliklar

"Ko'k somsa" yoxud maysa haqida

Bahor kelishi bilan onalarimiz birinchilardan bo'lib bizga ko'k somsa pishirib berishadi.
Uch oy qish davomida dehqonning eri mazza qilib dam oladi. Erta bahordan yo daraxt ekamiz, yo urug'lik tashlaymiz. Bahoriy kayfiyat bilan yilni qanday boshlab olsangiz, shunday xush kayfiyat bilan tugaydi. Bahorda to'g'ri ekilgan ekin, kuzda mo'l hosil beradi. Huddi shunday, bahorda qaysi jamoaning stadionidagi maysalar alo darajada yangi mavsumga shay bo'lgan bo'lsa, kuzda turnir jadvalidagi yakunda katta as qotadi. Yil boshida yig'ilgan ochkolar, kim uchundir yil so'nggida oliy ligada jon saqlab qolishiga yordam bersa, kimgadir kuchlilar qatoridan joy olishga. Afsuski bugun bo'lib o'tgan 4 tur yakunlariga ko'ra, juda ko'plab stadionlarimizning maysalari talab darajasida emasligi ko'rinib qoldi.

4 tur davomida Olmaliq, Farg'ona, Muborak va Toshkentning 4 stadionida bo'ldim, Andijon stadionining bugungi holatini video orqali ko'rdim.

Olmaliq oliy ligadagi oltinchi mavsumiga kelibgina yaxshi maydonga ega bo'ldi. Neftchi (Qirguli), Andijon, Mashal, Bunyodkor jamoalari uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionlarning ahvoli juda achinarli holatda. Men bir narsaga hayron qolaman. Klub rahbarlari natijaga erishish uchun birinchi navbatda futbolchi izlash bilan shug'ullanadilar. Mavsum avvalida o'tkaziladigan yig'in davomida bor etibor faqat futbolchilarga qaratiladi. Jamoalar esa poytaxtdagi suniy maydonlarda mashg'ulot o'tkazadilar. Murabbiy tekis maydonda jamoasini shakillantirib turgan bir pallada, jamoalar g'adir-budur, dalasimon maydonlarda oliy liga o'yinlarini boshlaydilar. Rosmanasiga oliy ligada qatnashish istagidagi jamoalar xorij yig'inlarini tashkil etadilar va ular tabiiy maydonlarda mashg'ulot o'tkazishadi. Suniy maydonlarda ligaga tayyorgarlik ko'rgan jamoa futbolchilari, to tabiiy maysaga ko'nikib olgunlariga qadar, chempionatning besh-olti tur bahslari o'tib bo'lgan bo'ladi. 5ta tur, bu 15 ochko degani. Oliy ligada qolish uchun 25-26 ochko kifoya ekanligini inobatga olsak, bu juda katta yo'qotishligini ko'rishingiz mumkin.

Bizda klublar qachon maydon haqida o'ylaydilar, qachonki oliy liga boshlanib, 2ta tur o'tib mag'lubiyatga uchraganlaridan keyin. Unga qadar qilar ishni qilib qo'ygan holda, muxlislar oldida o'zlarini aybni hakamga to'nkash yo'li orqali oqlab oladilar. SHu maydonda to'p tepayotgan futbolchilar yiliga yo'q deganda 100-200 million so'm daromad qiladilar, futbolchilarning noni bo'lgan maydon bog'bonlari oyiga 500 ming so'm oladilarmi, yo'q?

4-turdan o'rin olgan Mashal - Paxtakor o'yinini tomosha qilish uchun Muborakka bordim. Bir paytlar O'zbekistonning eng zo'r maydoni qaysi, degan savolni bersangiz, hech bir mutaxassis va futbolchi ikkilanmay Mashalniki degan javobni berishar edi. Afsuski, bugunga kelib maydonning asl holatidan asar ham qolmapti. Mayli, maysa hamma joyida o'smagan, buni erta bahorga to'nkaylik, ammo turpoqqa katta zarar etgan, maydon haddan tashqari yumshoq. Bundan avvalo Mashalni o'zi jabr chekadi. Boshqa klublar bu stadionda yilda bir marotaba o'ynab ketaveradi. Ammo Mashal mavsumni shu erda yakunlashi kerak. Yana, 2 yildan beri maysa, boshqa kanaldan kelayotgan suv orqali sug'orilayotganiligini aytishdi. Balki rostdir, biroq bir kun avval o'rinbosarlar uchrashuvida bir otaxon, achinib, maysani yil davomida plyonka ostida qoldirishganligi va bu o'g'it hamda maysaga jiddiy jabr etkazganligini aytib berdi.

O'yindan keyin Paxtakorning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Andrey SHipilovga, Mashal bosh murabbiyi, biz sizlardan ochko olish uchun faqat shu maydonga ishongan edik, - deya o'yinga oid fikrini qisqacha izohladi. Matbuot anjumanida esa ikki jamoa ham o'yin davomida yaxshi imkoniyatga ega bo'lmaganligi, birgina Iskanderov uzoqdan yo'llagan zarbasi gol bilan yakuniga etganligini takidlab o'tdi. Bunday pallada, qaysi jamoada klass futbolchi bo'lsa o'sha g'alaba qozonadi. O'rtamiyona futbolchilardan tashkil topgan klublar o'rtasidagi bahs esa durang bilan yakuniga etadi, agar u o'yin kelishilmagan bo'lsa.

Mashalni o'yini chakki emas, ammo jamoa ko'p yillardan beri biznikilardan bir kalla ustun bo'lmagan legionerlarni olib kelaverishini hech hazm qila olmayman. Bir kun avval o'rinbosarlar o'rtasida bo'lib o'tgan bahsda juda ham chiroyli o'yin guvohi bo'ldim. Lekin bundan Paxtakor kabi foydalana olsalar edi... Men Mashal jamoasini juda hurmat qilaman. Bu klubni futbolimiz, aniqrog'i yoshlar futbolimizda tutgan o'rni katta. Men kabi fikrlaydiganlar juda ko'pchilikni tashkil etadi. SHunday ekan, jamoa rahbariyati bu masuliyatni to'la his qilishlari lozim.

O'yindan avval maydonga suv quyib bo'ktirish, yaxshi o'rmasdan raqibga jarohat etkazish, shu va boshqa ayyorliklar qo'rqoqlargagina xos. Qizig'i, bu maydonda, maydon egalarining o'zlari ham o'ynaydilar.

Bunyodkor stadioninig chimi hech unmayapti. Angliyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan bu loyiha, ikkinchi marotaba ham naf bermadi. So'nggi olgan malumotlarimga ko'ra angliyaliklarga yana bir bor imkoniyat berildi. Endi ular sentyabr oyiga stadionni 100% o'ynaydinga holatga keltirishga vada berishga. Avvaliga ular bilan shartnoma bekor qilinish rejalashtirilgan edi, ammo... Mana shu ammosi men uchun qiziq, men bilgan bir malumotimga isbotim yo'q, shuning uchun bu mavzuni shu qismida yopib turaman.

Andijonda birinchi yil emaski, raqib jamoalari maysadan nolimasalar. SHu sabab ham jamoa oliy ligada muqim to'p tepmaydi.

Agar Barkamol avlod musobaqalari paytida Navbahor Markaziy stadionidagi chimga ziyon etkazilmasa, juda katta ishonch bilan ayta olamanki, bu stadion O'zbekistondagi eng yaxshi maysasiga ega arenalardan biri bo'ladi. Bu yil Olmaliq stadioni ham alo daraja ko'rinish oldi. Paxtakor bir so'm pulni ham tejab va kerakli joyga ishlatadi. Gollandiyadan keltirilgan maysalar, joriy yil yanada ideallashgan holatga kelgan. Lokomotiv qilayotgan ish ham tahsinga loyiq. Liga jamoalari bitta maydonni eplay bila olmayotgan bir paytda, temiryo'lchilar TTYMI, TTZ va sobiq Do'stlik maydonlarini alo darajaga keltira oldilar.

To'p dumaloq, maydon tekis. SHu atama rosmanasiga o'z tasdig'ini topishi uchun, chekka viloyatlardagi klublarimizning rahbarlari jig'ildonlarini emas, ko'proq maydon haqida o'ylasalar nur ustiga alo nur bo'lar edi.

Nodirxo'ja Yuldshaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика